So’nggi yangiliklar

12:51Алонсонинг биринчи қурбони: "Реал" мураббийи ҳимоячилардан биридан воз кечди  0 12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  1 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  12 10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  17 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  40 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  1 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  6 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  99 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  0 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  19 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  67 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  25 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  11

Qish va futbolsiz o'tadigan "sovuq" kunlar. "O'zPFL kubogi" musobaqasini qayta tiklash vaqti kelmadimi? (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Qish va futbolsiz o'tadigan "sovuq" kunlar. "O'zPFL kubogi" musobaqasini qayta tiklash vaqti kelmadimi? (Bekzod Tolibov blogi)

SHanba kuni Superligani tugatdik, Pro-liga sal avvalroq poyoniga etdi. Birinchi liga qachon yakunlangani ko'pchilikning yodidan ham chiqib ketdi, to'g'risi.

Oldinda kubok finali bor, va albatta, Superligaga o'tish bahsi. Bor-yo'g'i shu ikki o'yinni ham tugatib olsak, buyog'i bahorgacha bizni futbolsiz o'tadigan "sovuq" kunlar kutib turibdi. To'g'ri, futbol klublari yangi mavsumga tayyorgarlik asnosida o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilishadi. Masalan, Farg'onada o'tkazib kelinayotgan "Hokim kubogi" kabi turnirlarda ishtirok etishadi. Ammo, lekin, biroq baribir rasmiy o'yinlarning o'rni boshqachada. Xavotirli holat, bahorgacha futbolsiz zerikib qolishimiz tayin.

O'zbek futbolida xatolar ham yo'q emas, kamchiliksiz ish bo'lmaydi. Xatolardan xulosa qilinadi va bosqichma-bosqich to'g'rilab boriladi. Superliga va Pro-ligani TVga olib chiqilgani, bu – o'zbek futbolining yutug'i. Nega deganda avvallari faqat poytaxtda o'tadigan o'yinlargina translyaciya qilinardi. Aytaylik, qaysidir viloyatdagi biron uchrashuvda hakam xatoliklarga yo'l qo'ysa yoki ko'cha tili bilan aytganda, biron jamoani o'yin davomida "chopib" tashlasa ham hech qanday dalil va isbotlarsiz qolaverardingiz. Endilikda sizda bu borada imkoniyat bor, hatto bir talay variantlaringiz mavjud. TV yoki boshqa biron texnologiya orqali vaziyatlarni qayta ko'rishingiz va tahliliy xulosa chiqarishingiz mumkin.

So'ngi vaqtlarda milliy chempionatlarimizda tomoshabinlar soni ozayib ketdi, degan gap-so'zlar bot-bot yangramoqda. Qo'shilaman, bu to'g'ri. Hafa bo'lishmasinu rostini aytganda, poytaxtimizda va unga yaqin hududlarda o'tayotgan o'yinlarda stadionlarga muxlislar kam tashrif buyurishyapti. SHaxsiy fikrimcha, bunda raqobatning yo'qligi eng muhim jihatga aylanib qolyapti. Masalan, viloyatdan kelib "Paxtakor"ni Toshkentda dramatik tarzda yutib ketadigan jamoaning topilishi qiyin bo'lyapti. Bir vaqtlar "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "biz hozirgi "Real"ni yutishimiz juda qiyin" degan mazmunda intervyu bergandi. Bunga javoban "Real"ning o'sha vaqtdagi bosh murabbiyi Joze Mourinyu mikrofonni qo'liga olib, "oxiri qanday tugashi aytib qo'yilgan kinoning seansi menga qulay vaqtda bo'lsa ham tushmagan bo'lardim" deb aytgandi. Xuddi shu iqtibosni o'zbek futboliga ham moslasak bo'laveradi. Ehtimol, baribir "Paxtakor" yutadi, degan o'y muxlislarni stadionga chorlamayotgan bo'lishi mumkin.

Ayni vaqtda Evropa milliy chempionatlari davom etmoqda. O'zimizda futbol mavsumi yakuniga etgan vaqtda ushbu chempionatlar futbol muxlislarining ovunchog'iga aylanishi tayin. Imhoimcha, baribir o'zimizning milliy chempionatlarimiz biz uchun barchasidan ko'ra qiziqarliroq. Qishda, ob-havo sovuq bo'lgan vaqtda milliy chempionatlarimiz tanaffusga chiqadi. Futbolchilar ham odam, ularning ham joni temirdan emas, albatta, dam olishga haqlari bor. Ammo bahorgacha bo'lgan vaqt juda uzoq emasmi? Futbolsiz zerikib, o'yinlarni sog'inib qolmaymizmi? Avvallari shu kabi tanaffus vaqtida "O'zPFL kubogi" musobaqasi tashkil etilardi, negadir so'ngi yillarda o'tkazilmayapti. SHu musobaqani yana tashkil etish vaqti kelmadimikan? Yanvar oyida milliy terma jamoamiz yig'in tashkil etadigan bo'lsa, klublar Srechko Katanecning ro'yxatidan tushib qolgan futbolchilari bilan "O'zPFL kubogi"da ishtirok etsa, qanday bo'larkan? Televidenie orqali translyaciyasi yo'lga qo'yilsa, musobaqada nomdor klublar o'zaro to'qnash kelsa, bundan o'zbek futboli yutadimi yoki yutqazadimi? Mayli, xalqaro musobaqalarda ishtirok etadigan klublarga tegmaylik, ular imkoniyatidan kelib chiqib xorij yig'inlarini o'tkazib qaytishsin. Lekin qolgan klublar-chi? O'ziga yaqin hududdagi jamoa bilan dushanba kuni o'rtoqlik o'yini o'tkazadi, shanba kuni yana xuddi o'sha jamoa bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Bir xil raqib bilan ketma-ket o'ynayverish har ikki jamoani kuchaytirib yuborishiga ishonish qiyin.

Yuqoridagi taklifni mutasaddilar ko'rib chiqib, ijobiy qarorga kelishlariga ishonib qolamiz. Zero, o'zbek futboli biz uchun hamisha qiziqarli bo'lib qolaveradi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика