Qirg'izistonning Toshkentga keladigan tarkibi malum bo'ldi
20 may 2016 18:30
Yangiliklar
Qirg'izistonning Toshkentga keladigan tarkibi malum bo'ldi
Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi rossiyalik Aleksandr Krestitin O'zbekiston bilan bahsga 23 nafar futbolchini chaqirdi. Terma jamoa 23 may kuni yig'inni boshlaydi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Qirg'iziston uchrashuvi 2 iyun kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.
Qirg'iziston terma jamoasining O'zbekistonga qarshi o'yinda ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxati:
Darvozabonlar: Matyash Pavel (“UiTM”, Malayziya), Amirov Ruslan (“Olg'a”), Kashuba Valeriy (“Dordoy”).
Himoyachilar: Baymatov Azamat (“Sitra”, Bahrayn), Kozubaev Tamirlan (“Yagodina”, Serbiya), Kichin Valeriy (“Tyumen”, Rossiya), SHeratov Kursan, SHakirov SHerzot, Tego Deniel (“Dordoy”), Alimov Ilyaz, Rustamov Tursunali (“Oloy”)
Yarim himoyachilar: Duyshobekov Baxtiyar (“Krumkachi”, Belarus), Musabekov Farxat (“Akademiya”, Moldova), Bernxardt Edgar (“Al-Oruba”, Ummon), Israilov Axlidin (“Dinamo-2″, Ukraina), Zemlyanuxin Anton (“Sisaket”, Tailand), Sidikov Aziz, SHamshiev Islam, Jirgalbek uulu Kayrat (barchasi “Dordoy”), Sidorenko Pavel (“Olg'a”), Murzaev Mirlan (“Afjet Afonspor”, Turkiya)
Hujumchilar: Lyuks Vitaliy (“Unterxaxing”, Germaniya), Bokoleev Abay (“Milasspor”, Turkiya)
Hozircha O'zbekiston milliy terma jamoasining bu uchrashuv uchun tarkibi elon qilinmagan.
Fikrlar