So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi: “Osiyo Kubogi-2019ga qadar kuchli jamoalar bilan o'ynashimiz kerak” Yangiliklar

Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi: “Osiyo Kubogi-2019ga qadar kuchli jamoalar bilan o'ynashimiz kerak”

Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin Suriyaga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi:

– Ikkala jamoa chiroyli va hujumkor o'yin namoyish etishdi. Ikkita yaxshi jamoa o'ynasa odatda shunday bo'ladi. Birinchi taymda o'ylab qo'yilgan narsalar amalga oshmadi, ammo jamoam o'yinni o'zgartira oldi. Ikkinchi taymda hujumda yaxshiroq o'ynadik. Falastin va Suriya bilan o'yinlarda futbolchilarim vaziyatni o'zgartirib yuborishdi. Ikkala bahsda ham futbolchilarga hech qanday etirozim yo'q. Ularning harakatlaridan mamnunman.

– Terma jamoaning keyingi rejalari qanday?  
– FIFA kunlari uchun kelishuvlarga erishganmiz. Barchasi tasdiqlanganidan keyin rejalarimizni elon qilamiz. 8-16 oktyabr kunlari yig'in o'tkazamiz. Bu yig'in Qirg'izistonda bo'lmaydi va o'yinlar ham safarda o'tadi. Afsuski Suriya bilan o'yin bu yilda o'z maydonimizdagi oxirgi bahs bo'ldi.

– Osiyo Kubogi-2019ga tayyorgarlik jarayonida mana shunday kuchli raqib ustidan qozonilgan g'alaba qanchalik ahamiyatga ega? ⠀

– SHubhasiz, har bir o'yin biz uchun muhim. Biz yuqori saviyadagi raqiblar bilan o'ynayapmiz. Faqat mana shunday o'yinlar orqali o'sish mumkin. Ijobiy natija esa jamoaga qo'shimcha kuch bahsh etadi. Osiyo Kubogida kuchli jamoalar o'ynaydi, shu bois o'rtoqlik uchrashuvlarini mana shunday jamoalarga qarshi o'tkazishimiz lozim, - deydi Krestinin Qirg'iziston futbol Federaciyasi rasmiy saytiga


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика