So’nggi yangiliklar

14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  0 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  6 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  9 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  46 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  21

Qirg'iziston FIFA reytingida bizdan oldinda? Bu qanchalik yomon yoki yaxshi? Yangiliklar

Qirg'iziston FIFA reytingida bizdan oldinda? Bu qanchalik yomon yoki yaxshi?

FIFA reytingida O'zbekiston milliy terma jamoasining 88-o'ringa tushib ketgani, Qirg'iziston, Livan, Falastin, Ummon kabi termalarning esa aksincha - ko'tarilishga erishgani bir qator futbol muxlislari o'rtasida tushunmovchiliklarni keltirib chiqardi.

Xo'sh, bu O'zbekiston milliy terma jamoasiga qanchalik tasir ko'rsatishi mumkin?

Hech qanday. Hozircha...

FIFA reytingi biror-bir yirik musobaqaga qura tashlanishi oldidangina yordamga keladigan jadval xolos. Biz uchun 2 ta musobaqa ahamiyatli: Jahon CHempionati va Osiyo Kubogi. Mundial hozircha bizni xavotirga solmaydi, chunki Qatar—2022 saralashi boshlanishiga hali vaqt bor va O'zbekiston termasi bunga qadar bemalol FIFA reytingida ko'tarilib oladi. 2019 yilgi Osiyo Kubogiga esa shu yilning 4 may kuni qura tashlanadi. Xo'sh, bu xavotirlimi?

Yo'q

CHunki OFK bunda FIFA reytingiga qarab o'tirmay, jamoalarni savatga ajratdi va O'zbekiston unga ko'ra 2-savatdan joy oldi. Bizdan ilgarilab ketgan Qirg'iziston termasi esa 3-savatga joylashtirilgan. Sababi OFK qita chempionatini o'tkazish yo'lida o'z tasarrufidagi saralash bosqichi va undagi natijalarni inobatga olgan. O'zbekiston esa saralashning hal qiluvchi bosqichiga yo'llanma olgan 12 ta jamoa ichida bor edi. Mana shu faktor O'zbekiston termasini 2-savatga etaklagan. Yana ham yaxshiroq tushunib olish uchun OFK ishlab chiqqan format haqida bilish kerak bo'ladi.



JCH va Osiyo Kubogining qo'shma saralashi

SHu vaqtga qadar OFK Jahon CHempionati uchun alohida va Osiyo Kubogi uchun alohida saralash musobaqasi o'tkazib kelgan. Biroq so'nggi marta tashkilot bu ikki saralashni yaxlitlashga qaror qildi. Yani, Jahon CHempionati—2018 va Osiyo Kubogi—2019 1 ta saralashga birlashtirildi.

Bunday qarorga kelinishiga asosiy sabablardan biri Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi jamoalar sonining 16 tadan, 24 taga etkazilishi edi. Yaqindagina Evropa CHempionati ham shu yo'ldan yurgandi, endi esa OFK unga ergashadi.

Yodingizda bo'lsa, O'zbekiston termasi saralashda KXDR, Filippin, Bahrayn, Yaman kabi jamoalarni ortda qorib, JCH uchun kurashni davom ettiradigan 12 mamlakat qatoriga qo'shilgandi. OFK aynan shu 12 ta mamlakatni Osiyo Kubogi—2019 qurasi oldidan dastlabki ikki savatga bo'ldi. BAA musobaqa mezboni bo'lgani uchun 1-savatga kirdi. SHuningdek, mundial chiptasiga ega chiqqan Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Avstraliya ham shu savatda bo'ldi. JCH missiyasi o'xshamagan Xitoy, Suriya, O'zbekiston, Iroq, Qatar va Tailand esa 2-savatga joylandi. Bu mantiqan to'g'ri qaror. CHunki saralash cikli 1 ta edi va o'sha ciklda yuqoridagi 12 ta mamlakat hammadan ajralib chiqqandi.

Mana shu ciklda 12 talikka kira olmagan qolgan 12 ta mamlakat esa endilikda 3 va 4-savatlarga kiradi. Ular orasida FIFA reytingida bizdan o'zib ketgan Qirg'iziston, Livan, Falastin va Ummon ham bor.

Xo'sh, bu 4 mamlakat qanday ko'tarildi?

Qirg'iziston misolida olib qarasak, ular JCH—2018 saralashida muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo'lsa-da, Osiyo Kubogi yo'llanmasi uchun kurashni davom ettirishi kerak edi. JCH saralashida davom etgan 12 ta yuqoridagi mamlakat esa biryo'la Osiyo Kubogi chiptasi bilan taqdirlab bo'lingandi.

Mana endi Qirg'iziston qita etakchilari qolmagan saralashda Myanma, Makao, Hindiston kabi raqiblar bilan to'qnash keldi. Ummon hamda Falastinga Maldiv va Butan tushdi, Livan esa KXDR, Gonkong, Malayziya kabilardan istaganicha ochko oldi.

FIFA xalqaro o'rtoqlik o'yinlaridagi natijalarni albatta inobatga oladi. Bunda kuchliroq jamoalarga qarshi o'yinlardagi natija ko'proq ochko ishlab olish uchun sabab bo'ladi. Biroq bu ochkolar baribir rasmiy o'yinlar oldida hech narsa emas. Aytaylik, O'zbekiston termasi Senegal yoki Marokash bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazib, ko'p narsa o'rganishi, biroq mag'lub bo'lishi mumkin. Biroq Qirg'iziston termasi o'sha Makao, Myanma kabilar bilan rasmiy o'yin maqomida to'qnash keladi va g'alabasiga yaxshigina ochko oladi. Demak, uning bizdan oldinda turishi avvaldan malum edi.

O'zbekiston esa o'tgan yilning sentyabridan buyon rasmiy o'yinlarda maydonga tushmadi. Rasmiy o'yindagi g'alabamizga esa 1 yilcha vaqt to'ldi. CHunki Samvel Babayan boshqargan jamoa Xitoy, Suriya, Eron bilan o'yinlarda ketma-ket muvaffaqiyatsizlikka uchradi, Janubiy Koreyani esa mag'lub eta olmadi. Demak, istasak-istamasak FIFA reytingida pasayish davriga to'g'ri kelayotgandik.



JCH—2022 saralashida nima qilamiz?


Saralash haqida bosh qotirishga taxminan 1 yil vaqtimiz bor. O'zbekiston termasi Qatar mezbonligida o'tgan 2011 yilgi Osiyo Kubogi oldidan reytingda juda tushib ketgandi. CHunki tayyorgarlik davomida terma bir qator o'rtoqlik o'yinlarida mag'lub bo'lgan. Biroq Osiyo Kubogida yarim finalga etib borgan jamoa yaxshigina ochkolar oldi. Endi bu rasmiy o'yingina emas, katta turnirdagi o'yinlardan ochko olish edi. Natijada JCH—2014 saralashi oldidan O'zbekiston o'zi uchun qoniqarli bo'lgan joyda turgandi.

Hozir ham vaziyat shunday, O'zbekiston milliy termasi BAA mezbonligida o'tadigan Osiyo Kubogida ochkolar olib, bemalol yuqoriga ko'tarilib olish imkoniyatiga ega. Ayni paytda bizdan yuqorida turgan termalarning hammasi ham qita chempionatida muvaffaqiyatli o'ynay olmadi. Bu bilan nima demoqchiman, hamma narsa o'z qo'limizda va hali hech narsa yo'qotilmagan.

Muhimi O'zbekiston o'rtoqlik o'yinlarida kelishuvga erishish borasida oldinga qadam tashlagan. Biz yilning birinchi yarmidayoq JCH chiptasi bor bo'lgan Senegal, Urugvay, Marokash, Eron kabilar bilan kelishib ulgurdik. Masalan, Myanma, Makao kabilarni 10 marta yutib FIFA reytingida ko'tarilganimiz bilan, amalda hech narsaga erishmaymiz. SHundan kelib chiqilsa, hozircha xavotirga o'rin yo'q.

Yana ham yaxshiroq tushunishni istaganlar quyidagi HAVOLAga murojaat qilishi mumkin.

Muallif :
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика