So’nggi yangiliklar

08:44"Андижон" охирги маротаба "Хоразм"ни меҳмонда қачон ютган?  0 08:13Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧ олдидан иссиқ ҳақида: "Биз азобланишга тайёр бўлишимиз керак"  1 07:48Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда  4 07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  1 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  3 02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  4 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  3 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  7 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  10 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  3 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  29 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7

Qirg'iziston bilan bahsga ikki kun qoldi. O'zaro o'yinlarda mutlaq ustunlik O'zbekistonda Yangiliklar

Qirg'iziston bilan bahsga ikki kun qoldi. O'zaro o'yinlarda mutlaq ustunlik O'zbekistonda

9 noyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Qirg'iziston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Bu ikki jamoa shu kunga qadar o'zaro oltita o'yin o'tkazishgan.

Dastlabki ikki bahs Markaziy Osiyo kubogi doirasda bo'lib o'tgan. 1992 yil 23 avgust sanasida Toshkentda bo'lib o'tgan ilk to'qnashuvda SHuhrat Maqsudov, Azamat Abduraimov (2ta) tomonidan urilgan gollar terma jamoamizga yirik g'alabani keltirgan edi - 3:0.

O'zbekiston - Qirg'iziston - 3:0
23.08.1992. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 1000 tomoshabin.
"Markaziy Osiyo kubogi".
Gollar:
SHuhrat Maqsudov 59, Azamat Abduraimov 62 penaltidan, 64 penaltidan.

O'sha yil oktyabr oyi boshida Bishkekda o'tgan bahsda muxlislar jami 8ta gol guvohiga aylanishgan. O'zbekistondan Rustam Zabirov, Rustam Abdullaev, Azamat Abduraimov (2ta), SHuhrat Maqsudov va Ulug'bek Ro'zimov mezbonlar darvozasiga gollar urishgan. Uchrashuv 6:2 hisobida vakillarimizning g'alabasi bilan yakuniga etgan.



Qirg'iziston - O'zbekiston - 2:6
03.10.1992. Bishkek. "Spartak" stadioni. 2000 tomoshabin.
"Markaziy Osiyo kubogi".
Gollar
: Asilbek Mo'minov 40 penaltidan, Oleg Kazmirchuk 74 - Rustam Zabirov 9, Rustam Abdullaev 18, Azamat Abduraimov 25, 45 penaltidan, SHuhrat Maqsudov 78, Ulug'bek Ro'zimov 88.

1994 yil Mustaqillik kubogida bu jamoalar yana bir bor o'zaro hisob-kitob qilishgan. Ikki yil oldin bo'lgani kabi bu safar ham O'zbekiston Toshkentda 3:0 hisobida zafar quchgan. Bu safar gollarga SHuhrat Maqsudov, Rustam Do'rmonov va Abduqahhor Marufaliev mualliflik qilishgan.

O'zbekiston - Qirg'iziston - 3:0
19.04.1994. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 30000 tomoshabin.
"Mustaqillik kubogi".
Gollar
: SHuhrat Maqsudov 5, Rustam Do'rmonov 22, Abduqahhor Marufaliev 25.

2007 yil Qozog'istonda tashkil etilgan "Alma TV" o'rtoqlik musobaqasi doirasida o'tgan bahsda O'zbekiston 6:0 hisobida g'alabaga erishgandi. Anvar Soliev, Ulug'bek Baqoev (3ta), Yannis Mandzukas va Vladimir SHishelov Qirg'iziston darvozasini ishg'ol qilishgan edi.



O'zbekiston - Qirg'iziston - 6:0
09.03.2007. SHimkent. "Xadjimukan Munaytpasov" nomidagi stadioni. 150 tomoshabin.
"Alma TV" stadioni.
Gollar:
Anvar Soliev 2, Ulug'bek Baqoev 5 penalti, 42, 89, Yannis Mandzukas 63, Vladimir SHishelov 81.

So'nggi ikki o'zaro uchrashuvimiz JCH-2014 saralashi doirasida bo'lib o'tgan. 2011 yil Toshkentdagi bahsda Aleksandr Geynrix, Marat Bikmaev, Server Jeparov va Ulug'bek Baqoev Qirg'iziston terma jamoasi darvozasiga to'p kiritishgandi - 4:0.

O'zbekiston - Qirg'iziston - 4:0
23.07.2011. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 20257 tomoshabin.
JCH-2014 saralashi. Ikkinchi bosqch. Birinchi uchrashuv.
Gollar:
Aleksandr Geynrix 28, Marat Bikmaev 48, Server Jeparov 55, Ulug'bek Baqoev 90+2.

Bishkekda ham O'zbekiston yirik g'alabani qo'lga kiritgan. Bu safar Viktor Karpenko va Bahodir Nasimov (2ta) o'zini ko'rsatgandi - 3:0.

Qirg'iziston - O'zbekiston - 0:3
28.07.2011. Bishkek. "Spartak" stadioni. 14700 tomoshabin.
JCH-2014 saralashi. Ikkinchi bosqch. Javob uchrashuvi.
Gollar:
Viktor Karpenko 47, Bahodir Nasimov 65, 90.


Statistikaga etibor qilsak, O'zbekiston Qirg'iziston bilan barcha oltita o'yinda ham g'alabaga erishgan, etiborlisi har safar yirik g'alaba qo'lga kiritilgan. Vakillarimiz 25ta gol urishgan va 2ta gol o'tkazib yuborishgan xolos.



Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика