So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4

Qirg'iziston bilan o'yin, Marokash yig'ini, tarkibdagi muammolar - Nodir Eliboev ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

Qirg'iziston bilan o'yin, Marokash yig'ini, tarkibdagi muammolar - Nodir Eliboev ishtirokidagi matbuot anjumani

Teglar :  FutzalNodir Eliboev
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun o'rtoqlik uchrashuvida Qirg'izistonga qarshi to'p tepdi.

Murosasiz va kurashlarga boy o'tgan o'yinda vakillarimiz 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Bahsdan so'ng milliy jamoamiz murabbiyi Nodir Eliboev fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin haqida nima deyishim mumkin? To'g'risi ko'nglimiz to'lmadi. Yigitlar o'zlarining ellik foiz kuchini ham ko'rsata olmadi. Bu nima bilan bog'liqligini ko'rib chiqamiz. Tojikiston bilan kechadigan o'yinga tayyorgarlikni davom ettiramiz.

Himoyada ham, hujumda ham xatolarimiz ko'p bo'ldi. Futzal ham futbolda ham bo'lgani kabi xatosiz o'tmaydi. O'z ustimizda ko'proq ishlaymiz.

Marokash yig'ini haqida fikr bildiradigan bo'lsam raqib iliq taassurot qoldirdi. Infratuzilmasi, tashkilotchilik borasida ham yaxshi. Terma jamoasi ham yuqori darajada ekanligini ko'rdik. Futzalchilari individual jihatdan mahoratli deya olaman. CHunki aksariyat o'yinchilari Franciya, Ispaniya kabi Evropa mamlakatlarida to'p tepadi. Bu o'yinlarda mag'lub bo'lgan bo'lsakda o'zimizga foydali jihatlarni oldik. Marokash to'p darajadagi jamoa, Afrika chempioni, oxirgi o'yinda Misrni 5:0 hisobida mag'lub etishgandi. Nafaqat qitada balki jahonda ham o'z o'rniga egadir.

Tarkib borasida izlanmoqdamiz. Har bir yig'inda 20 nafar o'yinchilarni yig'ib tanlab olyapmiz. Asosiy darvozabonimiz ham yo'q edi bugun. O'rtoqlik o'yinlarida yosh futbolchilarga imkon berib ularni tekshirib ko'ryapmiz. Har xil vaziyat bo'lib qolishi mumkin. Bir o'yinchini o'rnini boshqa o'yinchi to'ldiradigan tarkib shakllantirmoqchimiz",- deydi Nodir Eliboev.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика