Qirg'iz Respublikasi to'purari "Navbahor" bilan mashg'ulot o'tkazmoqda
18 iyu 2022 01:42
Yangiliklar
Qirg'iz Respublikasi to'purari "Navbahor" bilan mashg'ulot o'tkazmoqda
Qirg'iz Respublikasi vakili Mirlan Murzaev "Navbahor" klubi bilan birgalikda mashg'ulot o'tkazmoqda va tez orada shartnoma imzolashi mumkin.
Hujumchi faoliyati davomida o'z mamlakatidan tashqari Rossiya, Isroil, Turkiya, Hindiston mamlakatlari klublarida o'ynagan. Uning oxirgi jamoasi Bishkekning "Alga" klubi sanaladi.
Murzaev terma jamoa safida hozirgacha 50 o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan. SHu jumladan, "Navruz cup-2022" turnirida hujumchi O'zbekiston terma jamoasi darvozasini ishg'ol qilgan.
Ayni damda namanganliklar O'zbekiston Superligasida birinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar