Qirg'iz Respublikasi – O'zbekiston bahsi o'tkaziladigan stadionda rekonstrukciya ishlari davom etmoqda
28 avg 2024 20:19
Yangiliklar
Qirg'iz Respublikasi – O'zbekiston bahsi o'tkaziladigan stadionda rekonstrukciya ishlari davom etmoqda
Bishkekdagi Dolen Omurzakov nomidagi ("Spartak") stadionda rekonstrukciya ishlari olib borilmoqda.
Reja bo'yicha ishlar 31 avgustga qadar yakunlanishi kerak. JCH-2026 3-saralash bosqichidan o'rin olgan Qirg'iz Respublikasi va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi 10 sentyabrga belgilangan uchrashuv aynan ushbu stadionda o'tkaziladi.
Rekonstrukciya ishlari "Royal Construction" qurilish kompaniyasi tomonidan amalga oshirilyapti. Kompaniya ijrochi direktori Kayrat Janikulov Kaktus.media'ga bergan intervyusida jarayon belgilangan muddatda bajarilishiga umid qilayotganini takidlagan.
Takidlash joizki, ular allaqachon shartnomada ko'rsatilganidan ancha ko'proq ishlarni amalga oshirib ulgurishgan, deyiladi xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar