So’nggi yangiliklar

17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  2 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   6 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  0 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  20 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  1 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  27 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   42 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  7 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  5 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  71 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0

Qimmatga tushgan "qariyalar" Yangiliklar

Qimmatga tushgan "qariyalar"

30 yoshdan oshgan Petr CHex uchun "Arsenal" klubi 11 million sarfladi.
Petr CHex (11 million funt sterling)

CHelsidan Arsenalga

CHelsidagi 11 yildan so'ng CHex Stemford Brijni tark etib Londonning boshqa klubiga ko'chib o'tdi. May oyi so'nggida CHex 33 yoshga to'ldi. Yens Lemann Arsenalga o'tganida ham 33 yoshda edi. Bu darvozabonga 5 mavsum davomida yuksak saviyada o'tkazishga xalal bermadi.



Fernando Redondo (12 million funt sterling)

Realdan Milanga


Milanga o'tayotganida argentinalik futbolchi 31 yoshda edi. Jarohatlar va operaciyalar unga Italiyada o'zini yorqin namoyish etishga imkon bermadi. Redondo jarohatlardan so'ng maydonga tusha olmasligini his qilib maosh olmaslikka qaror qildi. 2004 yilda esa futbolchilik faoliyatini tugatdi.



Andjelo Perucci (13 million funt sterling)

Interdan Lacioga


Perucci Yuventusda 8 yil o'ynab ko'plab sovrinlar yutdi. Tarkibga kira olmay qolgach Interga ko'chib o'tgandi. Bir yil o'tib 30 yoshida 13 million funt sterling evaziga Lacioga ko'chib o'tdi, Rim klubi safida 7 yil faoliyat olib bordi.



Klod Makelele (14 million funt sterling)

Realdan CHelsiga


2003 yilda 30 yoshida CHelsiga ko'chib o'tdi. London klubida Makelele etakchilardan biriga aylandi. Mourino Klodni markaziy tayanch yarim himoyachisi rolida o'ynatdi. CHelsi safida Klod ikki bor APL chempioni bo'ldi, Kubok va Angliya Superkubogida zafar quchdi.



Jeremi Matyo (14 million funt sterling)

Valensiyadan Barselonaga


Valensiyada Matyo 100tadan ko'p o'yin o'tkazdi. Transfer vaqtida franciyalik futbolchi 30 yoshda edi.



Zlatan Ibragimovich (15 million funt sterling)

Milandan PSJga


Ibra 30 yoshida Franciyaga ko'chib o'tgandi. SHveciyalik futbolchi hozirga qadar 70ta gol urib bo'ldi, bu natijada to'xtash niyati ham yo'q.



Diego Milito (18 million funt sterling)

Jenoadan Interga


2009 yilda 30 yoshli Milito Inter bilan 4 yillik shartnoma tuzdi. Bir necha mavsum davomida bir qator muhim gollarni urdi. Bular orasida ECHL finalida "Bavariya"ga urilgan gollar ham bor. Yillar o'tib borib argentinalik futbolchini jarohatlar qiynab yubordi. 2014 yilda Milito Italiyadan yurtiga qaytib ketdi.



Samuel Eto’o (21 million funt sterling)

Interdan Anjiga


Kamerunlik hujumchi Maxachqalaga 30 yoshida keldi. Anji qiziqarli o'yin namoyish etdi, Eto’O sardor va to'purar bo'ldi. 2013 yil iyun oyida Samuel Eto’O Rossiyaning eng yaxshi futbolchisi degan sovrin topshirildi. Keyinchalik uni Mourino CHelsiga chaqirdi.



Gabriel Batistuta (23 million funt sterling)

Fiorentinadan Romaga


Batistuta Fiorentinada 9 yil o'ynadi, ajoyib gollar urdi, biroq fialkalar bilan skudettoni yuta olmadi. SHu bois 2000 yilda 23 million funt sterling evaziga Romaga ko'chib o'tdi. Totti, Montelle, Kafu va boshqalar bilan birga 2000/01 yilgi mavsumda u Italiya chempioni bo'ldi. Batistuta o'shanda 32 yoshda edi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика