So’nggi yangiliklar

04:28Футзал. ЖЧ-2004. Турнир остонасида қоқилган Ўзбекистон ҳамда бразилиялик футболчилар билан финалга қадар етиб борган Европа мамлакати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  6 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  3 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  12 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  7 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  23 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  102 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  24 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  2 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  1

QFFga qoyil! Yangiliklar

QFFga qoyil!

Bugun odamning ko'nglini xira qiladigan voqea ro'y berdi.

Ektor Kuper bilan o'tkazilgan matbuot anjumanidan keyin bazi muxlislar saytimiz vakillarini o'rtaga olib rosa "ezg'ilashga" harakat qilishdi. Emishki, sayt o'zbek futboliga qarshi ekan, chunki muxlislardan biri tomonidan berilgan savol shunday bo'ldi: "CHempionat.Aziya" o'zbek futboliga qarshimi?"

Men boshida nima gap-so'zligini tushunmadim. Yaqinroq borib bilsam, gap saytda chiqadigan xabarlar ostiga qoldiriladigan "koment" (yani fikrlar) haqida borayotgan ekan. To'g'risi o'zim ham shu saytda ishlab "komentchilik"ni uncha tushunmayman. Bilganim shuki, plyus yig'adigan fikrlar tepaga chiqadi, minus bosilganlari pastga tushadi.

Xullas shuning dastidan muxlislar bilan ozgina tortishib oldik. Ammo ish bor joyda tortishuv ham bo'lib turadi, bundan vahima qilish kerak emas. Futbolda ishlaydigan jurnalist borki doim muxlislar bilan ham hisoblashib yurishga majbur. Muxlislar jurnalistlar bilan bahslashishni, qaysidir mavzu ustida tortishishni yoqtiradi. Buni to'g'ri qabul qilish kerak, chunki ular muxlis.

Aslida bo'lib o'tgan voqea haqida yozmasam ham bo'lardi. Ammo yon qo'shnimiz Qirg'iziston futbol federaciyasi tomonidan tashkil etilgan ajoyib bir tadbir suratlarini ko'rib o'zimizdagi holat bilan solishtirdim. Xullas bugun QFF (Qirg'iziston futbol federaciyasi) ajoyib ishga qo'l urdi. Ularning milliy terma jamoasi bugun tunda yig'in o'tkazish uchun Qatarga jo'nab ketar ekan.

SHu bois ketish oldidan terma jamoa futbolchilari hamda muxlislar o'rtasida "Bishkek park" savdo markazida o'ziga xos quvnoq uchrashuv tashkil qilindi. Bunda futbolchilar tadbirga tashrif buyurgan muxlislarga dastxat ulashib, sovg'alar berishgan. O'z navbatida muxlislar ham Osiyo Kubogi oldidan MTJga omad tilab, o'zlari yoqtirgan futbolchilar bilan esdalik suratga tushishdi. Xullas, tadbir qanday o'tganini maqola tagidagi suratlardan ham ko'rsangiz bo'ladi. QFF Osiyo Kubogi-2019 oldidan muxlislar uchun yaxshi tadbir o'ylab topibdi.

Bugun shuni bildikki, Ektor Kuper bilan o'tkazilgan matbuot anjumani Osiyo Kubogiga qadar oxirgisi ekan. To musobaqa boshlanguncha boshqa bo'lmaskan SHu bois ochiq muloqot tarzida o'tadi deyilgan savol-javob uzog'i 45 daqiqa davom etdi. Men ochiq muloqot deyilganda hech bo'lmasa bir yarim - ikki soatni tushungandim. Xullas savol bergan bitta savolini berib qoldi, berolmagan armonda qoldi. Bilishimcha, endi Kuper shu bilan OAV xodimlariga 8 yanvar kuni intervyu beradi. CHunki 9 yanvarda rasmiy o'yinimiz bor.

O'FA matbuot xizmati shuningdek, matbuot anjumaniga kelgan muxlislarga ham so'z berdi. Muxlislar savol va murojaat bilan Kuperga yuzlanishdi. Mana shu kamtargina yo'l bilan terma jamoamizga Osiyo chempionatida omad yor bo'lishi tilandi. Endi bitta savol tug'iladi: biz ham terma jamoani BAAga tantanali kuzatib qo'yish marosimini qilsak bo'larmidi? CHunki hozirgi paytda futbolchilarga dalda va qo'llab-quvvatlash har doimgidan ko'proq kerak. Agar bo'ladi deyilsa qachon? Agar yo'q deyishsa, bu ham hayron qoldirmaydi, chunki o'rganib qolganmiz.

Bu ketishda terma jamoa Osiyo Kubogiga qachon yo'l olishini doimgidek birov bilib birov bilmay qoladi. Boradi o'ynaydi, qaysidir bosqichga chiqib keyin yana qaytadi. Axir ularning ishi futbol o'ynash, ular maydonga chiqib to'p tepishlari kerak. Yutsa olqishlaymiz, yutmasa so'kamiz. Necha yillardan beri shu ahvol. Lekin biz dastxat-marosimi o'tkazmaymiz, muxlislar o'z sevimli futbolchilari bilan rasm tushishlariga sharoit qilib bermaymiz, biz terma jamoani iloji bo'lsa faqat uzoqlashtiramiz.

Kerak bo'lsa, har kungi mashg'ulot yopiq bo'ladi, bosh murabbiy matbuot anjumanidan boshqa payt intervyu berishni istamaydi. Futbolchilar mashg'ulot tugashi bilan avtobusga chiqib ketadi. Matbuot xizmati MTJni OAV "hujumidan" qo'riqlab yuradi. Hech kim qattiq gapirishi kerak emas. Doim jiddiy va kamgap bo'lishimiz kerak.

Mana, QFF muxlislar bilan ishlash qanday bo'lishini ko'rsatib berdi. O'FA (PFL ham) muxlislar bilan zo'r ishlash kerakligini nuqul klublardan talab qiladi. Lekin zo'r ishlash deganda nimani tushunish kerak? O'FA muxlislar bilan ishlash mana bunday bo'pti deb bu borada master-klass ko'rsatib bera oladimi?

X.Xoliqov.

Quyida QFF tadbiridan fotosuratlarni keltirib o'tamiz

Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика