So’nggi yangiliklar

19:29Энцо Зидан тез орада фаолиятини якунлайди  0 19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0 18:44Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистоннинг Гватемалага қарши ўйин учун таркиби маълум  0 18:30АПЛ янги мавсумда фойдаланиладиган расмий тўпни намойиш қилди  0 18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  9 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  2 17:23Кантона Ямалга тан берди  3 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  1 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  3 16:11"Испания Еврони ҳақли равишда ютди" — Бензема  3 15:49Бонуччи Калафьорининг "Арсенал"га ўтаётганидан афсусда  2 15:27"Бавария"нинг молиявий аҳволи оғирми?  6 15:00ПСЖ Санчо бўйича таклиф билан чиқди  1 14:37"Навбаҳор" Александр Лобанов билан хайрлашди  22 14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  2

Qaytadan tamirlanayotgan Toshkent futbol akademiyasidan fotoreportaj Yangiliklar

Qaytadan tamirlanayotgan Toshkent futbol akademiyasidan fotoreportaj

12 oktyabr kuni Ravshan Ermatov Toshkent shahridagi futbol akademiyasining qurilish-rekonstrukciya ishlaringning sifatini ko'zdan kechirdi.

Masullar bilan bo'lgan suhbatda akademiyaning qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatli futbol maydonlarini barpo etish, inshootning yotoqxona va oshxonalarini zamon talablariga mos ravishda jihozlash, shuningdek, Evropa akademiyalari kabi barcha talablarga javob beradigan sharoitlarni tashkillashtirish masalalari muhokama etildi.

SHuningdek, Odil Ahmedov ham o'zining tajribasidan kelib chiqqan holda, loyihada etiborga olinishi kerak bo'lgan jihatlar yuzasidan tavsiyalarini berib o'tdi.

Bundan tashqari, oldinda turgan qurilishga oid vazifa va loyihalar bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

«Championat.asia» nashri kolumnisti Og'abek Samisov mazkur qurilish jarayonlari haqida ko'proq malumot to'plash uchun Toshkent shahri futbol akademiyasiga tashrif buyurdi.

Bino «pasporti»ga etibor berilsa qurilish ishlari 15 aprel kuni yakunlanishi ko'rsatilgan. Loyihaga 16 mlrd 700 mln so'm ajrilganligi haqida malumot berildi.

Bino haqida

Qurilayotgan bino 154 nafar o'quvchiga mo'ljallangan. Qo'shimcha ravishda musobaqalar vaqtida boshqa futbol akademiyalari kelganda malum muddat yashash uchun xonalar quriladi.

Akademiya tarbiyalanuvchilari o'zlari istagan maktabga borib, talim olishlari mumkin. TFAga yaqin maktablar ham mavjud – 61- va 227-maktablarda o'quvchilar o'z akademiyalariga yaqin holda o'qishlari ular uchun oson bo'ladi.

Binoning shakli kvadrat. Uch qavatdan iborat binoni quyidagi suratlar orqali ko'rsa bo'ladi.

O'quvchilar uchun dars qilishga mo'ljallangan xonalar, faollar zali ham qurilmoqda. Hozirgi kundagi rejaga oid akademiya ichida maktab ham bo'lishi rejalashtirilmoqda. Biroq yakuniy natija Vazirlar Mahkamasining qaroriga bog'liq.

Akademiya rahbari Iskandar Anarqulov “agar akademiyada maktab bo'lmasa, o'quvchilar uchun qo'shimcha to'garaklar o'rgatiladi”.

Hozirgi kunda namuna sifatida ikkita xona tayyor holatga keltirib qo'yilgan. Bino ichidagi yo'laklarning devorlarida ham futbol hissini berish uchun turli suratlar chiziladi.

SHuningdek, loyiha yakunida binoning ichi qanday ko'rinishga ega bo'lishini ham ko'rishingiz mumkin.

Kvadrat shaklida qurilayotgan binoning ichki hovlisida ham ish jarayonlari ketmoqda.

Ushbu joylar to'liq tamirdan chiqqach qanday holatda bo'lishni TFA rahbari bizga taqdim etgan loyiha suratlaridan ko'rish mumkin.

Akademiya rahbari Iskandar Anarqulovning so'zlariga ko'ra, dekabr-yanvar oylariga qadar binoni to'liq tamirdan chiqarilishi rejalashtirilgan. Keyingi bosqichda esa akademiya hududini obodonlashtiriladi.

Ravshan Ermatov tashrifi davomida har bir kiyinish xonasida alohida yuvinish xonalari bo'lishi, yotoqxonalarning ranglari inson ko'zini charchatmaydigan bo'lishi kabi tavsiyalarni bergan. Bunga qadar loyihada markazlashtirilgan yuvinish xonalari ko'rsatilgan bo'lgan. O'FA 1-vice prezidentining tavsiyalaridan so'ng har biri kiyinish xonasiga alohida yuvinish xonalari bo'ladi.

Akademiyada qurilayotgan binoda kiyinish xonalari ham mavjud bo'ladi. Bunda yosh sportchilar o'zlarining sport anjomlarini saqlashadi. Maydon uchun quriladigan kiyinish xonalari esa musobaqalar vaqtida jamoalarning maydonga tushish oldidan ishlatiladi.

Hozirgi kundagi kiyinish xonalarining holati bo'yicha quyida ko'rishingiz mumkin.

Maydon haqida

Akademiyada hozirgi kunda bitta maydon mavjud. Loyiha to'liq yakunlangach maydonlar soni uchtaga oshishi kutilmoqda.

Ayni vaqtdagi mavjud suniy qoplamali maydon Osiyo futbol konfederaciyasi hamda O'FA hamkorligi ostida qurilgan. Maydon o'lchami – 105x65.

Ushbu maydon yonida 90x45 tabiiy maydon bor, biroq ushbu maydon ham qaytadan tamirdan chiqadiladi.

SHuningdek, yana bitta suniy qoplamali maydon quriladi. Jami bo'lib aprel oyida qurilishi bitkazilishi rejalashtirilgan akademiyada uchta maydon mavjud bo'ladi.  

Loyiha to'liq qurib bitkazilgandan so'ng uning tashqi ko'rinishi quyidagi holatda bo'ladi.

Izoh: Biz Toshkent futbol akademiyasiga 15 oktyabr kuni tashrif buyurib, ushbu malumot va suratlarni olganmiz. Oradan qariyb 1 oy vaqt o'tdi va tabiiyki hozirgi kunga qadar ancha ishlar bajarilgan.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика