So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  15

Qayta qo'zg'algan qaqnus Yangiliklar

Qayta qo'zg'algan qaqnus

Teglar :  Rayan BabelLiverpul
Rayan Babel vaqtida Liverpulning kelajagi porloq o'yinchilaridan biri sifatida etirof etilgan va uning Aren Robben, Seydu Keyta va hattoki, Terri Anri darajasidan ham o'zib ketishi taxmin qilingandi.

Biroq gollandiyalik futbolchi 2011 yili Germaniya bundesligasiga yo'l oldi-yu, birdan etibordan tushib qoldi. Bombardir.ru saytining quyidagi maqolasi, feniks (qaqnus, mifologiyada yonib ketib, kuldan yana paydo bo'luvchi afsonaviy qush, abadiy yangilanib turish ramzi)ga qiyoslangan ana shu futbolchi haqida. Zero, u malum muddat tin olgach, joriy mavsum yana qo'zg'aldi, shekilli.

Soyadan chiqish (Ayaks, Gollandiya)

Yosh Rayan Amsterdamda dunyoga kelgan barcha bolakaylar kabi Frank Raykaardni kumir sifatida ko'rar va Ayaks safida to'p surishni orzu qilardi. U shu tariqa mashhur klub akademiyasiga kirish uchun 3 marta urinib ko'radi. Biroq raqobat juda baland edi. Babel nihoyat,  uchinchi urinish samarasi o'laroq, nufuzli o'quv dargohi tarbiyalanuvchisiga aylanadi va ilk mashg'ulotlardanoq mutaxassislar etiborini o'ziga tortadi. 11 yoshida esa o'smirlar terma jamoasida etakchi hujumchi maqomini olgan Babel yana 6 yildan so'ng Ayaksning asosiy tarkibiga kiradi. Uning poytaxt klubidagi 4 yillik faoliyati ancha samarali bo'ladi - yosh futbolchi Gollandiya eredivizioni oltin medalini bo'yniga taqishdan tashqari, mamlakat milliy kubogi va superkubogini 2 martadan boshi uzra baland ko'taradi. SHuning­dek, Evropa klublarining asosiy turniri - CHLda ham o'z gollari hisobini ochadi. Vaholanki, Babel o'sha vaqt Ayaksda sof hujumchi hisoblanmasdi. CHunonchi, Rayanning yuqori tezligidan unumliroq foydalanishni ko'zlagan murabbiy uni doimo qanotda o'ynatishni maqul ko'rardi. Xullas, Babel hujum chizig'ining o'tkir tig'i sanalmasada, bir qator o'ta muhim gollarga mualliflik qiladi. Jumladan, CHLda raqiblar darvozasini 2 marta nishonga oladi, mamlakat kubogi va superkuboki uchun o'yinlarda barchasini hal etgan gollarni o'z hisobiga yozib qo'yadi. 2005 yilga kelib, Babel Gollandiya milliy jamoasidagi debyutini ham gol bilan bezaydi. Yani Ruminiya termasiga qarshi kechgan uchrashuvda kimsan Aren Robben o'rniga maydonga tushadi va raqib darvozasini o'qqa tutadi. Oradan bir yil o'tgach, Marko van Basten qahramonimizni Germaniya-2006 mundialiga boradigan futbolchilar ro'yxatiga kiritadi. To'g'ri, Babel o'sha jahon birinchiligida atigi bir marta - guruh bosqichida Argentina termasi bilan bo'lgan bahsda maydonga tushiriladi, xolos. Rayan Gollandiyada ikkinchi marta superkubok sohibiga aylanganidan keyin APLning bir qator ishtirokchilari, jumladan, Arsenal va Nyukasl klublari unga jiddiy qiziqa boshlashadi. Futbolchi esa uncha shoshilmaydi va eredivizionda yana bir mavsum to'p surgachgina tumanli o'lkaga yo'l oladi.

Qanot qoqish (Liverpul, Angliya)

Qizillar 2007 yilning 12 iyul kuni Rayan Babel transferiga 11 mln. funt to'lashganini rasman elon qilishadi. Golland futbolchisi yana 5 kundan so'ng Liverpul libosida maydonga tushadi. Umuman olganda, 4 yil davomida mersisaydliklar sharafini himoya qilgan va asosan qanot hujumchisi sifatida to'p surgan Babel jami 22ta gol uradi. Lekin muxlislar xotirasida shu gollari emas, balki janjalkashligi bilan joy oladi. Yo'q, Babel aslida urush­qoq emas, biroq qandaydir sabablarga ko'ra, mudom muxlislar, mutasaddilar yoki murabbiylar bilan chiqisholmasdi. Oddiy aytganda, kelajagi porloq ko'ringan istedod egasi Liverpulda navbati bilan barchaning jig'iga tegadi. Xususan, Rafael Benites bilan munosabati yomonlashgach, murabbiy uni shunchaki, maydonga tushirmay qo'yadi. Oqibatda hujumchining jamoadan ketishi haqidagi mish-mishlar avjiga chiqadi. Biroq Babelning o'zi shoshilmasdi. U shu zaylda ko'pchilikning ko'nglidan qoladi. Oxir-oqibat, jamoada joy topolmaydigan va keyingi faoliyatlari transfer mavsumining so'nggi soatlarida hal bo'ladigan noshud futbolchilar qatoriga qo'shiladi. Harqalay, muxlislar uni alohida tarif-lashga odatlanishadi:  Babel Copfer. CHunonchi, hujumchi janjalkash tabiatini hakamlarga ham ko'rsata boshlagandi.

Uzilish (Xoffenxaym, Germaniya)

Navbatdagi mojarodan keyin Liverpul Babeldan tezroq qutulish yo'llarini qidira boshladi. Qarangki, ayni o'sha vaqt Rayanning jonajon klubi - Ayaksdan taklif etilgan Luis Suares yangi jamoasiga kutilganidan-da ko'proq manfaat keltirdi. Darvoqe, Babel Gollandiya terma jamoasidagi o'rnini ham yo'qotdi. Xususan, van Basten Evro-2008dan keyin istefoga chiqdi, uning o'rnini egallagan Bert van Marveyk esa Rayanni jamoaga chaqirgan bo'lsada, maydonga deyarli tushirmadi. SHunday qilib, hujumchi JAR mundialida umuman o'ynamay turib, kumush medal sohibiga aylandi. Yakunda Liverpul gollandiyalik futbolchiga xaridor topdi va 8 mln. funtga sotdi. Xullas, Xoffenxaym safini to'ldirgan Babel Germaniyada 1,5 yil to'p surib, bu vaqt oralig'ida atigi 5ta gol urdi. O'z navbatida, nemislar ham uzoq yuz-xotirlab o'tirishmadi. Zero, ko'plab futbolchilar ham Babel jamoani ortga tortayotgani haqida ochiq-oydin kinoya qilishardi. Masalan, darvozabon Tom Starke Germaniya telekanali orqali shunday dedi: Rayan aslida ajoyib yigit. Lekin unga nima bo'layotganini sira tushunolmayapmiz. Go'yoki, ayni payt mutlaqo bot-qoq ichidadek. Etiborlisi, Xoffenxaym bosh murabbiyi Ernst Tanner bunday ochiq-oshkora fikrlar uchun biror shogirdini alohida jazolamadi.

Go'shaga qaytish (Ayaks, Gollandiya; Qosimposho, Turkiya)

Babel Germaniyadagi muhitga ham moslasholmaganidan keyin, qandaydir tushkun holatga tushib qoldi. Endi hech kim futbolchini avvalgidek Anri yoki Robbenga tenglashtirmas, u bilan hamkorlik qilishni istaydigan klublar ham  qolmagandi. Bunday vaziyatda jonajon jamoaga qaytish eng to'g'ri qaror hisoblanadi. Xullas, Ayaks o'z tarbiyalanuvchisini bir yillik shartnoma va o'zi uchun qadrli 49 raqami bilan siyladi. Afsuski, Rayan endi-endi o'zini o'nglab, birin-ketin gol ura boshlagan vaqt yoqimsiz jarohatga yo'liqdi. Aniqroq aytsak, Ayaks libosida 16 marta maydonga tushganidan keyin mavsumning yakuniy qismini muolajalar jarayoniga sarflashdan o'zga chora topolmadi. Klub bilan shartnomasi muddati yakuniga etgach esa, hujumchi bir paytlar Ayaks tuzini ichgan gruziyalik SHota Arveladzedan aniq taklif oldi. O'shanda taniqli sobiq hujumchi Qosimposho klubiga ustozlik qilardi. SHunday qilib, Rayan turk diyorida 2 yil to'p surib, o'z hisobiga 14ta gol yozib qo'ydi. Bu yarim himoya chizig'ida harakatlangan futbolchi uchun yomon natija emasdi. Ayniqsa, Qosimposhodek o'rtamiyona jamoa vakili uchun. SHuni inobatga olsak, turklar Babeldan mamnun edilar. Biroq futbolchining o'zi Turkiya ligasida zerikdi, chog'i.

Vasvasa (Al-Ayn, BAA)

Babel avvaliga Evropa klublaridan taklif kutdi, biroq hech qanday qiziqish alomati sezilmagach, mo'may daromad ilinjida BAAga ravona bo'ldi. Al-Ayn bungacha qatorasiga 3 marta chempionlik unvonini yutgandi. Lekin 2015|2016 yillar mavsumida oxirgi 4 yil ichida ilk marta 2-o'rin bilan kifoyalandi. Etiborli jihati, Rayan aynan o'sha mavsum boshlanishi arafasida jamoa safiga qo'shilgandi. Afsuski, u Osiyoda o'ta sust o'yin namoyish qildi va 14ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga atigi bir marta yo'l topdi, xolos. Bu ham etmagandek, turli mojarolar sababchisiga aylandi. Xususan, ijtimoiy tarmoqlardagi bemani chiqishlari kuchli noroziliklar keltirib chiqardi. Babel avvaliga sobiq ustozi Rafael Benitesning Real bosh murabbiyi lavozimini egallagani xususida fikr bildirib, ispaniyalik mutaxassis Krishtianu Ronalduni ajoyib himoyachiga aylantirishini bashorat qildi. Tabiiyki, shundan so'ng muxlislaradan biri Ra-yanni Benitesga nisbatan kek saqlaganlikda aybladi. Futbolchi esa bunga javoban o'sha muxlisaga haqoratlar yog'dira boshladi. To'g'ri, keyinchalik Tvitterdagi shaxsiy sahifasi orqali izoh berish uchun 6 marta chiqish qildi. Ammo uzr so'rashni hattoki, xayoliga ham keltirmadi. Aksincha, futbol borasida ayollar bilan bahslashishni yoqtirmasligi xususida vaz o'qidi. Oqibatda, Al-Ayn 2015 yilning dekabrida Babel bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi. Futbolchining o'zi bu ajrashishni jamoaning o'yin va natijalaridan qoniqmaganligi bilan izohladi, ammo klub gollandiyalik legionerning intizomsizligini ro'kach qildi.

Umid (Deportivo, Ispaniya)

Taajjubki, Rayan Babel yana ko'hna qita jamoalari orasidan o'ziga xaridor topdi. Bu masalada hujumchining qanday vositalardan foydalanganligi nomalum. Ammo fakt shuki, u ayni payt yana evrofutbol markazida. Yani top-chempionatlardan birida ishtirok etmoqda. O'zimni juda yaxshi his qilyapman. Albatta, uzoq tanaffusdan keyin yuksak saviyada o'ynash oson emas. Biroq boy tajribam va mahorat evaziga bu to'siqni bartaraf etishimga ishonaman, - dedi Babel ispaniyalik jurnalist bilan suhbatda. Ha, Ayaks tarbiyalanuvchisi Evropa klublaridan mustahkam joy olish uchun yana bir marta urinib ko'rmoqda. Yoshi 30ga yaqinlashib qolganini inobatga olsak, bu uning so'nggi umididir, ehtimol. Muhimi, Babel o'z faoliyatini tiklash imkoniyatiga ega. Bu yo'lda unga yana jarohatlar, mojarolar yoki qandaydir boshqa muammolar xalal bermasa, bas...

S.RAHMONOV tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика