So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Насаф" – "Андижон" 0:1 (матнли трансляция)  7 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  1 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  1 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  3 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  2 18:17Суперлига. "Қўқон-1912" - "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  7 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  5 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  3 17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  0 17:15Футбол ҳақиқатан ҳам биринчи ўриндами?  2 17:12Копа соврининга даъвогарлар рўйхати эълон қилинди  5 16:45"Андижон"нинг словениялик легионери қаерда?  3 16:18Беҳрузбек Облақулов: "Вадим Карленович шошилмай ўйнашни айтганди. Якунда ўйинни қутқара олдик"  3 15:56"Навбаҳор" Наманганда "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  2

Qatarlik jurnalist: "Ertangi uchrashuvda Qatar g'alaba qozonadi, sababi..." Yangiliklar

Qatarlik jurnalist: "Ertangi uchrashuvda Qatar g'alaba qozonadi, sababi..."

Osiyo kubogi chorak final bahsida O'zbekiston terma jamoasi mezbon Qatarga qarshi bahs olib boradi

Biz esa ertangi uchrashuvdan oldin taniqli qatarlik jurnalist Ali Salat bilan suhbatlashdik. Ali ertangi bahs va O'zbekiston milliy terma jamoasi haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

"Ertaga "Al-Bayt" stadionida juda qiziqarli o'yin guvohi bo'lamiz. CHorak final bosqichida hech kim tavakkal qilishni istamaydi. O'yin qanday kechishi va oldindan bir nima deyish qiyin. Jamoalarning darajasi ham deyarli teng. O'zbekiston terma jamoasi jismoniy jihatdan ancha kuchli ekanligini isbotladi. Qatar terma jamoasining futbolchilarida jismoniy holat alo darajada emas, ular 90 daqiqa ichida charchab qolishadi. Tarkibingizda Masharipov, Turg'unboev va Fayzullaev kabi yorqin futbolchilar bor. Himoyada esa Eshmurodov ismli futbolchini o'zim uchun kashf etdim. O'zbekiston milliy terma jamoasida ojiz nuqta deyarli yo'q, biroq jarohat olgan futbolchilarning soni ko'p. Bu Qatarga qo'l kelishi mumkin. Qatar haqida gapiradigan bo'lsam, biz chempionlik himoya qilishga harakat qilyapmiz. Lekin bu juda qiyin masala. Afif va Almuaz Ali hali hamon terma jamoa etakchilari yani Qatar terma jamoasida so'ngi yillarda katta o'zgarish ro'y bermadi. Ertangi uchrashuv Qatar g'alaba qozonadi deb o'ylayman, sababi biz ushbu turnirda mezbonmiz va chorak final natijasi biz uchun qoniqarli hisoblanmaydi" - deya fikr bildirdi qatarlik jurnalist Ali Salat

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: -51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика