Qatarlik investorlar yaqin kunlarda "Manchester Yunayted"ni sotib olish taklifi bilan chiqishadi
08 fev 2023 22:41
Yangiliklar
Qatarlik investorlar yaqin kunlarda "Manchester Yunayted"ni sotib olish taklifi bilan chiqishadi
Qatarlik investorlar "Manchester Yunayted"ni sotib olish niyatida.
Yaqin kunlarda kompaniya klubning amaldagi egalari — Gleyzerlar oilasiga taklif bilan chiqmoqchi.
Manbaga ko'ra, potencial xaridorlar raqobatchilarni ortda qoldirishga ishonchlari komil, ulardan biri britaniyalik milliarder Jim Retkliff hisoblanadi. Gleyzerlar MYUni 6 milliard funtga sotishga tayyor. Potencial sarmoyadorlar uchun “Old Trafford” jamoasining uy stadionini rekonstrukciya qilish yoki uning o'rniga yangi zamonaviy inshoot qurish haqida alohida xarajat moddasi kiritilgan bo'lishi mumkin. Bu Qatar Sports Investments uchun muammo emas, ular "Yunayted"ni qatarlik shaxslar orqali sotib olish bo'yicha kelishuvni yakunlamoqchi. Eslatib o'tamiz, mazkur kompaniya PSJga ham egalik qiladi.
Fikrlar