So’nggi yangiliklar

02:29Бундеслига. "Бавария" иродали ғалаба қайд этди  2 02:10Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср" мағлуб бўлди  20 00:44"Челси" ёзда дарвозабонини сотмайди  0 00:15"Реал" жаримага тортилди  22 23:50"Барселона" футболчиси "Палмейрас"га ўтди  2 23:20Антони АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин бўлганини айтди  3 22:31Аббосбек Файзуллаев "Бавария" қизиқишлари доирасида!  26 22:18Лео Месси: "Парижда бахтли эмасдим"  12 21:41Моуринью "Галатасарой"ни судга берди  0 21:14Пеп Гвардиола: "Кевин де Брюйнедан ташқари 30 ёшдан ошган барчанинг қолишини истайман"  3 20:46АПЛ ҳаками бир ярим йилга Европа футболидан четлатилди  4 20:00Ўзбекистон кубоги финаллари тарихи. Қайси ўйинларда кимлар майдонга тушган?  2 19:48Шенсни яна 1 йил "Барселона"да қоладими?  1 19:24Ҳоланддан ноёб рекорд. Ундан олдин фақат Кейн бу ишни қила олган  0 18:58"Реал" ва "Интер" Ҳусановни сафига қўшиб олишни истаган. Фабрицио Романо тафсилотлар билан бўлишди  16

Qatardagi so'nggi kun: "Xavi oliyjanob inson ekan" Yangiliklar

Qatardagi so'nggi kun: "Xavi oliyjanob inson ekan"

Qatar poytaxtidagi safarimiz ham yakuniga etib qoldi. Nihoyat bugun jonajon Vatanimiz sari yo'lga chiqamiz.

Ilgiz Tantashev bexato harakat qildi.

Qatar poytaxtidagi safarimiz ham yakuniga etib qoldi. Nihoyat bugun jonajon Vatanimiz sari yo'lga chiqamiz. Kecha safarimizning so'nggi kunida U-23 Osiyo chempionati chorak finalining dastlabki o'yinlari bo'lib o'tdi. Dastlab Yaponiya, Eronni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Biz bu o'yini televizor orqali tomosha qildik. Keyingi juftlik esa Qatar - KXDR edi. SHeriklarim yo'lga chiqishimiz bois safar taraddudini ko'rish uchun mehmonxonada qolishgach, bir o'zim "Al Sadd" stadioni sari yo'lga tushdim. Qatar - KXDR juftligini menga eng qiziq joyi bu uchrashuvni hamyurtimiz  IlgizTantashev brigadasi boshqarib borishi edi. Stadionga etib borgach, meni birinchi hayron qoldirgan jihat bu koreyalik muxlislar bo'ldi. Odatda bunday turnirlarda SHimoliy Koreyalik muxlislarni juda kam uchratamiz. "Al Sadd" stadionida esa taxminan 2000 kishi atrofida koreyslar deyarli bir xil kiyimda, oq ko'ylak va qizil shapkada jamoalarini olqishlab turishgan edi.  Ular juda tartibli, o'rinlaridan turmagan holda, bir xil harakatlar va o'zlarining tillarida qandaydir hayqiriqlar bilan stadionga fayz kiritib yuborishdi. Albatta mezbon muxlislar ham bo'sh kelishgani yo'q. Uchrashuvda  hamyurtimiz Ilgiz Tantashevga qanotlarda Jaxongir Saidov va bahraynlik Navof SHaxeen Musa yordam berdi. O'yinning 5-daqiqasidayoq Tantashev KXDR darvozasi tomon haqli ravishda penalti belgiladi. Qatarliklar hisobni ochishgach, koreyaliklarga hisobni tenglashtirish uchun  85-daqiqa  kerak bo'ldi. Uchrashuv asosiy vaqtining so'nggi daqiqasida koreyaliklar jarima zarbasidan juda chiroyli gol kiritishdi. O'yin  ekstra taymlarga  o'tgach,  yanada keskinlashdi. Maydonda futbolchilar o'zlarini ham raqibni ham ayab o'tirishmadi. Lekin bosh hakam Ilgiz Tantashev har qanday vaziyatlarda ham sovuqqonlik bilan to'g'ri qarorlar qabul qilib, ikkala jamoa muxlilarida ham o'ziga nisbatan yaxshi taassurot qoldira oldi. O'yinning qo'shimcha taymlarida gol kiritishni uddalagan qatarliklar Osiyo chempionatining yarim finaliga yo'l olishdi va Rio sari navbatdagi qadamni qo'yishdi. Men o'yindan keyin koreyalik va qatarlik hamkasblarimning hakam haqidagi fikrlarini so'raganimda, barchalari bugungi o'yinda hakamga etiroz yo'qligini takidlashdi. Demak,  Ravshan Ermatovga yana bir izdosh borligidan xursand bo'lsak bo'laveradi.

 
Xavi oliyjanob inson ekan.

Qatar - KXDR o'yinini  shunchalik qiziqish bilan tomosha qilibmanki, to 1-taym yakunlanguncha shundoqqina orqamda o'tirgan dunyo futbolining mega yulduzlaridan biri Xavini ko'rmabman. Tanaffus payti bir vaqt yonimdan Xavi o'tib qoldi. Ko'zlarimga ishonmay yonimdagi hamkasbimga CHavi (inliz tilida Xavining ismi CHavi deb o'qiladi) desam, "yes CHavi"  deb tasdiqladi. SHundan so'ng tanaffus payti tugashini kutdim. Biz o'tirgan media tribuna VIP lojasi bilan yonma-yon joylashgani bois, Xavi tanaffusdan qaytishda yana yonimizdan yurdi. SHartta o'rnimdan turib unga salom berdim. Salomimga alik olib to'xtamay o'tib ketsa kerak deb o'ylagan edim. Xavi bo'lsa meni unga etiborimni ko'rib yonimda to'xtab so'rashdi. Men O'zbekistondan ekanligimni, O'zbekistonda uni muxlislari juda ko'pligini aytdim. Xavi nasib qilsa, O'zbekistonga "Al Sadd" jamoasi bilan borishi mumkinligin aytdi. U meni rasmga tushish haqidagi iltimosimni ham erda qoldirmadi. Hatto rasmni ko'rib, rahmat yaxshi chiqdi deb jilmayib ham qo'ydi.  O'zbekistonda ko'rishamiz deya o'z joyini egalladi. Xavi juda oliyjanob inson ekan.

Menda  Xaviga nisbatan yanada hurmatim ortdi. Xavidek yulduz futbolchi oddiy bir muxlisiga  shuncha etibor qaratdiya, bizni ayrim yosh yulduzchalarimiz esa bir pasda  muxlislardan qochadigan bo'lib qolishadi degan fikr xayolimdan o'tdi. SHunga aytishsa kerakda “ko'rmaganni ko'rgani qursin”deb.

SHunday qilib bizni Qatar poytaxti Doha shahriga qilgan safarimiz yomon va yaxshi taassurotlar bilan yakunlandi. Jonajon vatanimizda ko'rishguncha azizlar.

Aytgancha, safarimizni amalga oshiridagi beg'araz yordamlari uchun O'zbekiston muxlislar klubi raisi Abdurahmon Fozilov, ish jarayonidagi yordamlari uchun Avazbek Berdiqulov va Nodirxuja Yuldashevlarga chuqur minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

 
Akramjon Mamadaliev. Qatar poytaxti Dohadan.

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика