So’nggi yangiliklar

01:41Илёс Зейтуллаев: "Женнифер Лопес ва шунча одамни майдондан ҳайдай олмайман-ку"  2 01:11Элдор Мойлиев: "Биз ҳам "Бунёдкор" ҳам ғалаба қозониб кетиши мумкин эди"  0 00:51Энди Жексон "Челси"га керак эмас  1 00:28Акмал Рустамов: "Ўйлайманки, биз ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз"  0 00:16"Манчестер Юнайтед" клуби қайта тамирланган Каррингтон базасини намойиш этди  0 23:57Улуғбек Бакаев: "Агар дуранг бўлганида адолатли бўларди"  3 23:31"Пахтакор"ни чемпионлик курашидан чиқаришга ҳали эрта" — Азамат Абдураимов билан иккинчи давра старти таҳлили   1 23:16Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Бунёдкор" "Шўртан"ни мағлуб эта олмади  9 22:57Шоҳруз Норхонов: "Жамоамга ғалаба келтирганимдан хурсандман"  0 22:44Февзи Давлетов: "Жанговар дуранг бўлди"  0 22:18Ҳаким Фузайлов: "Футболчиларимизга озгина дадиллик етишмади"  1 22:05Суперлига. "Қизилқум" "Бухоро"ни мағлуб этди, Норхонов собиқ жамоасига гол урди  13 21:53"Челси" сўнгги марта 1 ярим йил олдин гол урган ҳужумчисини сотиб юборди  2 21:34Душан Тадич БАА жамоасига ўтди  0 21:03Суперлига. Олмалиқда кечган "Хоразм" – "Сурхон" учрашувида жанговар дуранг  15

Qatar Yulduzlar ligasidan ajobtovur tadqiqot Yangiliklar

Qatar Yulduzlar ligasidan ajobtovur tadqiqot

Musulmon futbolchilar mushak jarohatidan nisbatan kamroq aziyat chekadilar.

Xo'sh, din va jarohatning qanday aloqasi bor? Bugun siz bilan zamonaviy futbolda eng keng tarqalgan va deyarli har hafta u yoki bu futbolchini safdan chiqishga majbur qiladigan jarohat — xamstring jarohatlar guruhiga kiruvchi, orqa son mushaklari shikastlanishidir. Woods malumotlariga ko'ra, APL vakillarining mavsum davomida olgan jarohatlari umumiy hajmidan 14 - 20 foizini (boshqa TOP-chempionatlar raqamlari deyarli bir xil) va jarohatdan tiklanish uchun ketgan vaqt o'rtacha 21 kunni tashkil etgan. Tahlil natijalariga ko'ra, mavsum davomida APLning 93 futbolchisi (bu erda akademiya, o'rinbosarlar jamoasi va kattalar jamoasi inobatga olingan) jarohat olgan va ularning 20 nafari aynan shu muammoga duch kelgan.

Lekin biz Islom dini vakillari ko'proq bo'lgan ligalarga etibor qaratsak-chi?

Yaqinda Aspetar sportmedicine journal bir maqolani chop etdi. Unda aytilishicha, Qatar Yulduzlar Ligasidagi jarohatlarning bor yo'g'i 7 - 9%i xamstring guruhiga taalluqli. Yana bir muhim jihat, shunday jarohat tufayli safdan chiqqan futbolchi maydonga qaytishi uchun o'rtacha 14 kun zarur bo'lgan. Islom dini vakillari ko'pchilikni tashkil etuvchi chempionatlarga oid statistik malumotlarni, ayniqsa, jarohatlar borasidagi informaciyani to'liq hajmda to'plash biroz mushkul vazifa albatta. Va faqatgina bir chempionat misolidagina xulosa chiqarish biroz noto'g'ridek, lekin farq sezilarli.

Lekin bu erda bir muhim jihat borki, aynan u o'rtadagi tafovutga sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Va bu sabab — etiqod. Musulmon oilalarda farzandga yoshligidan hayotiy bilim barobarida, diniy talim-tarbiya ham berib boriladi. Bunday sharoitda katta bo'lgan inson kun davomida malum vaqtini etiqodi, din uchun ajratadi. Lekin buning sportdagi jarohatlarga qanday aloqasi bor, deysizmi? Barchasi bajariladigan harakatlarga bog'liq. Musulmon inson bo'g'imlarining kundalik ishlashi nafaqat ruhiy, balki jismoniy salomatlikka ham sabab bo'ladi. Mashhur “skandinaviyacha” aylanishda ham shunga o'xshash harakat bajariladi — aynan shu mashq mushaklarni umumiy chiniqtirishda hamda orqa son mushaklari profilaktikasida juda foydali hisoblanadi.

Daniya Futbol Ittifoqi o'tkazgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, professional futbolchilar ichida bunday mashqlarni muntazam bajargan sportchilar mushak jarohatidan 70% kamroq aziyat chekar ekan. SHunday ekan, taxminimizcha, etiqod va futbolchilarning kundalik mashg'ulotlari birgalikda musulmon futbolchilar son mushaklaridan kamroq jarohat olishiga sabab bo'ladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +87   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика