So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  10 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  9 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  12 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Qatar yana bir yirik sport tadbiri mezboni Yangiliklar

Qatar yana bir yirik sport tadbiri mezboni

Oxirgi yillarda Qatar jahonda sport poytaxtiga aylanib oldi.

Avvallari asosan Arab Ko'rfazi davlatlari musobaqalariga boshchilik qilgan mamlakatda endi qita birinchiliklari, jahon chempionatlari, turli gran-pri o'yinlari tashkil qilinmoqda. Birin-ketin yirik sport turlari bo'yicha jahon chempionatlari o'tkazish yo'lga qo'yildi. 2011 yil Osiyo Kubogiga mezbonlik qilgan Qatar endi 23 yoshgacha futbolchilarning qita chempionatini o'zida qabul qiladi.

2022 yil bo'lib o'tadigan mundial Qatardagi yirik sport tadbirlarining munosib cho'qqisi bo'ladi. Ko'pchilik ushbu mamlakatda jahon chempionati o'tkazilishini yoqlamaydi, biroq agar ob-havo yoki boshqa sharoitlar bahona qilinsa, unda jahon chempionati faqat 15-20 davlatda o'tkazilishi kerak. 1994 yil AQSHda ham futbolchilar peshinda o'ta issiq havoda futbol o'ynashgan. O'shanda bu hech kimning etiroziga sabab bo'lmagandi. Aytaylik, futbol uchun yaratilgan sharoitlar bo'yicha Qatar o'sha AQSH yoki Angliyaga bemalol dars bera oladi.

SHu yilning yozida Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlarining futbol bahslariga yo'llanma beruvchi Osiyo Kubogida Samvel Babayan boshchiligidagi olimpiya terma jamoasi yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Ushbu musobaqaga mezbonlik huquqi uchun Qatar, O'zbekiston, Saudiya Arabistoni va Eron ariza bergandi. Yakunda qatarliklar g'olib chiqib, yana bir yirik turnirga mezbonlik qiladigan bo'lishdi.


Ummonda bo'lib o'tgan birinchi chempionatda ishtirok etgan jamoalarning 13tasi bu safar ham musobaqada qatnashadi. Qatar, Tailand va Vetnam olimpiya terma jamoalari turnirda debyutlarini nishonlashadi.

Uchrashuvlar Doxa shahrida bo'lib o'tadi. Arabcha “Ad Dava” (“katta daraxt”) so'zidan kelib chiqqan shahar jahondagi eng xavfsiz shaharlardan biri sanaladi. Bu borada Qatar O'zbekistonga o'xshashib ketadi. Mamlakat hududi ancha kichik – 11586 kvadrat kilometr. Yurtimizdan taxminan 40 baravar kichik. 2,15 million aholi istiqomat qiladi. 70 foizdan ortiq aholi xorijdan kelib ishlovchi insonlardan iborat. Tub aholi kamligi uchun ham Qatar chempionati o'yinlari paytida stadionlar to'lishiga kamdan-kam guvoh bo'lish mumkin. Qolaversa, mahalliy aholining aksar qismi yil davomida sayohatda bo'ladi. Sportchilar etishmayotgani sababli u erda xorijlik sportchilarga mamlakat fuqaroligini berish odat tusiga kirgan.

Uchrashuvlar bo'lib o'tadigan yanvar oyida harorat 14-22 daraja atrofida bo'ladi. Yani, ob-havo jamoalar uchun qiyinchilik tug'dirmaydi. O'yinlar Doxa markazidagi 4 stadionda o'tkazilishi rejalashtirilgan.


Jassim Bin Hamad stadioni (“Al Sadd”)
1970-yillarda qurilgan stadion keyinchalik 2011 yilgi Osiyo Kubogi o'tishidan avval qayta tamirlangan. “Al Sadd” va Qatar terma jamoasi ushbu stadionda uchrashuvlarini o'tkazadi. Guruh bosqichi, chorak va yarim final, 3-o'rin uchun bellashuv aynan mazkur stadionda bo'lib o'tadi. 15 ming muxlisni bag'riga sig'dira oladi.

Suhaym Bin Hamad stadioni (“Qatar SK”)
1980-yillarda ishga tushirilgan stadionda qulay sharoitlar muhayyo etilgan. Kattalar o'rtasidagi Osiyo Kubogi ham shu stadionda o'tkazilgandi. 12 ming ishqiboz o'yinlarni kuzatib borish imkoniyatiga ega. Guruh bosqichi va chorak final o'yinlari bo'lib o'tadi. Olimpiya terma jamoamiz barcha bahslarini aynan shu stadionda o'ynaydi.

Grand Hamad stadioni (“Al Arabi”)
2011 yilgi musobaqada bu stadion mashg'ulot maydoni sifatida xizmat qilgan. Guruh bosqichi va chorak final bahslari o'tadigan “Grand Hamad”ga 18 ming tomoshabin sig'adi. Yurtida notinchlik sababli o'ynay olmaydigan qo'shni davlat terma jamoalari uchun ushbu stadion uy o'yingohi vazifasini bajarib beradi.

Abdulloh Bin Xalifa stadioni (“Lahviya”)
CHempionat o'tadigan stadionlar ichida eng yangisi. 2013 yil ishga tushirilgan stadion kichik, shu bilan birga juda shinam va eng qulay sharoitlar yaratilgan. “Lahviya” jamoasi uy o'yinlarini shu erda o'tkazadi. 10200 ishqiboz bir vaqtda tribunalardan o'rin egallashi mumkin. Ko'rinishi ham juda ajoyib. Unda guruh bosqichi, chorak va yarim final, shuningdek, final uchrashuvi tashkil etiladi.

CHiptalar sotuvi 2 yanvardan Doxadagi turli savdo mollari va o'yin kunlari stadionlar oldida tashkil qilingan. Bolalar va nogironlar barcha o'yinlarga chipta sotib olmagan holda tashrif buyurishlari mumkin. Ochilish o'yiniga eng arzon chiptalar 8,2 dollardan, eng qimmati 27 dollarni tashkil qiladi. Quyida chipta narxlari bilan tanishing. 3,65 Qatar riali 1 AQSH dollariga qiymatiga teng.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика