Qatar shayxi "Man Yunayted"ni sotib olish bo'yicha beshinchi va oxirgi taklifini jo'natdi
07 iyu 2023 22:08
Yangiliklar
Qatar shayxi "Man Yunayted"ni sotib olish bo'yicha beshinchi va oxirgi taklifini jo'natdi
Gleyzerlar esa masalani paysalga solish bilan bandlar.
Qatar shayxi Jasim bin Jobir Al Tani "Manchester Yunayted"ni sotib olish bo'yicha yangi taklif jo'natdi. Sky Sports nashrining qayd etishicha, shayx Jasim o'zining beshinchi, yaxshilangan taklifini yubordi. Ushbu taklifda MYUning 100% akciyalarini sotib olish nazarda tutilgan. SHu bilan birga, SHayx Jasim jamoaning barcha qarzlarini to'laydi va 1 mlrd funt klub tizimiga sarmoya kiritadi. Jasim bin Jobir Al Tani bu taklif so'nggisi ekanligini Gleyzerlarga eslatib o'tgan va juma kuniga qadar ularga vaqt bergan.
Eslatib o'tamiz, Al Tani bergan to'rtinchi taklifda 5 mlrd funt summa yozilgandi. O'shanda Gleyzerlar klub uchun 6 mlrd so'rashgan.
Fikrlar