So’nggi yangiliklar

11:01Уэйн Руни Англия терма жамоаси бош мураббийи ким бўлиши кераклигини айтди  1 10:41ESPN АПЛнинг ўтган мавсумдаги энг яхши футболчиларини аниқлади. Холанд 2-ўринда, Палмер эса 14  1 10:20Ямаль "братишка"сини Олимпиада олтин медали билан табриклади  10 09:50Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоасини Тожикистонга Анвар Раҳимов олиб боради  2 09:35Суперлига. "Динамо" охирги маротаба Фарғонада қачон ғалаба қозонган эди?  1 09:10"Пахтакор" "Насаф"ни 5 та ўйиндан бери мағлуб эта олмаяпти. Шацких Бердиевдан устун келадими?  17 08:35Баҳром Ҳайдаров: "Ўйин тенг курашлар остида ўтди"  0 08:05Асрор Алиқулов: "Бизга бу ўйинда иккинчи куч етишмади"  0 07:35Суперлига. Бугун Қаршида турнинг марказий ўйини бор  13 07:15Баҳодир Жалолов, Абдумалик Халоков, Акбар Жўраев ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида қатнашадиган спортчиларимиз рўйхати  10 00:55Антони: "Ишонаверинг, янги мавсум менинг исмимни гол ва ассистлар билан бирга эшитасиз"  6 00:32Александр Крестинин: "Яратган вазиятларимизнинг учдан бир қисмини голга айлантира олганимизда ҳам бугун ғалаба қозонган бўлардик"  3 00:30Париж-2024 финал. Франция - Испания 3:5, Анри бошчилигидаги Франция ютқазди  0 00:12Расман: Давид Де Хеа – "Фиорентина" дарвозабони!  8 23:47Испания Францияни қўшимча бўлимларда мағлуб қилиб, Париж Олимпиадаси олтин медалларига эга чиқди!  28

Qatar: O'zbekistonlik yoshlar g'alaba qozondi yoxud Sardor Rashidovdan salom Yangiliklar

Qatar: O'zbekistonlik yoshlar g'alaba qozondi yoxud Sardor Rashidovdan salom

Teglar :  Sardor Rashidov
Qatardagi Osiyo chempionati O'zbekiston terma jamoasi uchun erta yakunlangan bo'lsa-da, biz hali bu davlati tark etmadik.

Yoshlarimizdan namuna

Qatardagi Osiyo chempionati O'zbekiston terma jamoasi uchun erta yakunlangan bo'lsa-da, biz hali bu davlati tark etmadik. CHunki bizning rejamizga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi kamida 3-o'rinni oladi deb qaytish chiptalarini 1 fevral sanasiga olgan edik.

Futbolchilarimiz va bir guruh muxlislarimiz Dohani tark etishgach, biz yolg'iz qolmadik. Qatar Futbol federaciyasining taklifiga binoan bu davlatga Dilshod Nuraliev boshchiligidagi 13 yoshli futbolchilardan iborat O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi tashrif buyurdi. Qatarliklar yoshlar futboliga jiddiy etibor qaratishgan. Turli yoshdagi terma jamoalarga Evropa davlatlaridan mutaxasislar taklif qilinib, ularga barcha sharoitlar muhayyo qilingan.

2002 yilda tug'ilgan futbolchilarimizdan tashkil topgan terma jamoamizni qatarliklar o'rtoqlik uchrashuviga taklif qilishgan, va ular bu erda qatarlik tengqurlari bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishlari reja qilingan ekan.

21 yanvar kuni Doha shahridagi “Aspayr” akademiyasining maydonida dastlabki uchrashuv bo'lib o'tdi. Aytish lozimki, Dilshod Nuraliev shogirdlari bu uchrashuvda qatarlik tengdoshlaridan ancha kuchli o'yin namoyish qilishdi. Natija ham shunga yarasha bo'ldi. Futbolchilarimiz hisobni birinchi bo'lib ochishdi. O'yinning 2-bo'limida esa hisobdagi farq 2:0ga oshdi. Ushbu hisobdan keyin yosh futbolchilarimiz qatarliklarga biroz erkinlik taqdim qilishdi. Natijada qatarlik yosh futbolchilar ham darvozamizni ishg'ol etishdi.  Qatarliklarning Angliya va Ispaniyadan kelgan ustozlari o'zbekistonlik bolalarning texnik va taktik harakatlariga yuqori baho berishdi. Uchrashuvda yosh futbolchilarimiz 3-2 hisobida g'alaba qozonishdi. Bu borda ular olimpiyachi akalariga namuna bo'lishdi. Endi 23 yanvar kuni bu jamoalar o'zaro yana bir bor kuch sinashishadi.


Biz kutgan o'yin

Dohadagi “Aspayr” akdemiyasida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazayotgan Rossiyaning “Zenit” jamoasi kecha Sardor Rashidov to'p suradigan “Al-Jaish”  klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishidan boxabar bo'lgan edik. Dilshod Nuraliev shogirdlarining o'yini yakuniga etmasdan shundoq yonidagi maydonda “Zenit” – “Al Jaish” o'yini boshlandi. Biz etiborimizni ushbu o'yinga qaratdik, sababi o'zingizga malum. “Al Jaish”da Sardor Rashidov o'ynaydi. O'yinni terma jamoamiz etakchisi asosiy tarkibda boshladi. SHuningdek, “Zenit” ham o'zining jangovar tarkibini maydonga tushirdi. O'yinning 1-bo'limi teng kurashlar ostida o'tdi. Rossiyaliklar tarkibida Xalk, Anyukov, Zyuba kabi futbolchilar faol bo'lishgan bo'lsa, “Al Jaish”da  Sardor Rashidov va braziliyalik Romarinolar  raqib himoyachilarini tahlikada ushlab turishdi. Sardor jamoasining chap qanotida, Xalk bilan yonma-yon to'p surdi. Murabbiy uni tinmay qo'llab turdi. O'yin davomida Rashidov goh markazda, goh o'ng qanotda ham paydo bo'lib turdi. Ko'rdikki, Sardor “Al Jaish”ning asosiy figuralaridan biriga aylangan. O'yining 29-daqiqasida hisob ochildi.”Al Jaish”ning  braziliyalik legioneri Romarino qanotdan oshirib berilgan to'pni boshi bilan “Zenit” darvozasiga joylab qo'ydi. O'yinning 2-bo'limini Qatar jamoasi bir nechta o'zgarishlar bilan boshladi. Sardor Rashidov va Romarino kabi asosiy o'yinchilarning o'rniga bir qator yoshlar maydonga tushdi. Natijada “Zenit” baribir top jamoalardan biri ekanligini isbotladi hamda  2-taymning o'zida 4 ta gol urdi va bu  uchrashuv  4:1 hisobida piterliklarning  g'alabasi bilan yakunlandi. Bu o'yinni  O'zbekistonlki murabbiylar va Abdurahmon Fozilov boshchiligida 3-4 nafar muxlislar ham tomosha qilishdi.



Sardor Rashidov uyida

“Zenit” bilan o'yin tugagach, Sardor Rashidov bizni uyiga taklif qildi. Biz unga klub tomonidan ajratilgan mersedes avtomashinasida yo'lga chiqdik. Dohaning qoq markazidagi  osmono'par binoning 40-qavatida  kattagina bir oila yashasa bo'ladigan shinam kvartira birgina Sardorga berilgan. Bu erda u tarjimoni bilan birga istiqomat qilar ekan. O'zimiz bilan olib borgan devzira gurunchga oshni “Championat.asia” rahbari Nodirxo'ja Yuldashev va Abdurahmon Fozilovlar qo'lbola qilib tayyorlashdi.  Osh tayyor bo'lguncha Sardor bilan suhbat qizidi. Suhbatimiz futbol haqida bo'lgani uchun qanday 2 soat o'tganini ham bilmay qolibmiz. Sardor Rashidovdan Qatar va O'zbekiston futboli o'rtasidagi  tafovutni so'radik. Oxirgi paytda Qatar futboli katta mablag'lar evaziga ancha kuchaygan deydi Sardor. Qatarlik shayxlar bu borada pulni ayashmayapti. Qatar jamoalaridagi futbolchilarning asosiy qismi xorijdan kelib Qatar fuqaroligini olgan futbolchilardan iborat. Qolgani esa  3+1 limitiga asosan chetdan kelgan juda kuchli legionerlar. “Al Jaish”da ham asosan barcha ishni Braziliyadan 2 ta, Marokko va O'zbekistondan bittadan legionerlar bajarib berishadi. Lekin Qatarda stadionga muxlislarning kelishi muammo. O'zbekistonda muxlislar stadionga chipta olib kirishsa, Qatarda stadionga kelgan muxlisga taxminan 15 dollardan pul berishadi. Rashidov olimpiya terma jamoamizning o'yinlariga klubining mashg'ulotlari vaqtiga to'g'ri kelganligi sababli borolmaganini, lekin natijadan judayam xafa ekanligini bayon qildi.

Bizni xursand qilgani hamyurtimizni jamoada judayam yaxshi hurmat qilishlari, unga alohida etibor bilan qarashlari bo'ldi. Bir o'zbek o'g'loning shuchalik hurmatga sazovor bo'lganiga havas qildik. Sardorning aytishicha, unda bitta muammo Vatan sog'inchi bor. Qanchalik yaxshi sharoitlar bo'lgani bilan baribir Vataning, oilang, do'stlaring yonida bo'lishdan o'zga baxt yo'q ekan.

Nihoyat osh suzildi, Sardor uyida vatandan kelgan mehmonlar borligi uchun jon kuydirib ko'nglimizni olishga harakat qildi. Tez-tez kelib turishimizni iltmos qildi.  Sardor Rashidov barcha o'zbekistonlik muxlislariga salom etkazishimizni so'radi. Biz Sardor Rashidovga xorijdagi faoliyatida va terma jamoamizdagi o'yinlarida omad tilab xayrlashdik.

Sardor  biz seni yanada kuchli jamoalarda ko'rishni istaymiz. Qaerda bo'lsang ham O'zbekiston sen bilan . Olg'a o'zbek o'g'loni !

Akramjon Mamadaliev.
Qatar poytaxti Dohadan.

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика