So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Qatar bosh murabbiyi: "Fikru-xayolim O'zbekiston bilan o'yinga qaratilgan" Yangiliklar

Qatar bosh murabbiyi: "Fikru-xayolim O'zbekiston bilan o'yinga qaratilgan"

O'zbekiston - Qatar uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Feliks Sanches Bas ishtirok etdi.

"Kecha O'zbekistonga etib keldik. Ertangi bahs ancha qiziqarli va shiddatli bo'lib o'tadi. Sababi O'zbekiston kuchli terma jamoa safida ko'plab mahoratli futbolchilar bor. Bundan tashqari O'zbekistonda yaqinda yangi bosh murabbiy ish boshladi. Ertangi o'yinda yaxshi natija ko'rsatishga urinamiz. Biz Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni ijobiy kayfiyatda davom ettirmoqchimiz", -  deydi Feliks Sanches Bas.

"Biz bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Juda kuchli o'yin bo'lishi aniq. Umid qilamizki biz o'ylagan maqsadimizga etamiz", - deydi Muhammad Al Bakri.

SHahboz Beg'amov (www.championat.asia) savoli
- Qatar terma jamoasi Osiyodagi juda quvnoq va hujumkor o'yin namoyish etadi. Lekin jamoa o'yinida tartib yo'q, ayniqsa himoyalanishda muammolari bor. Siz buni qanday hal qilmoqchisiz?
- Biz doim himoyada ham, hujumda ham balansni ushlashga harakat qilamiz. Himoyamizda juda katta muammolar bor deb aytmagan bo'lardim. Kichik muammolarimiz bor, Osiyo Kubogiga qadar bularning ustida albatta ishlaymiz. 



Narzulla Saydullaev (www.championat.asia) savoli
- "Al Sadd"ning to'rt futbolchisi Akram Afif, Bualem Xuxi, Abdulkarim Hassan va Pedro Migel o'z klubiga qo'yib yuborilgani haqida xabar chiqdi.
- To'g'risini tan olish kerak o'z klubiga qo'yib yuborilgan to'rt futbolchi juda ham muhim o'yinchilar. Ular juda ko'p o'yinlarda o'ynashdi, Ekvador bilan bahsda ham maydonga tushishdi. "Al Sadd" oldida OCHL yarim final javob bahsi borligi uchun ularni qo'yib yubordik. Terma jamoada ularning o'rnini bosa oladigan futbolchilar mavjud. Ertaga mana shu o'yinchilarga imkoniyat beramiz.

SHahboz Beg'amov (www.championat.asia) savoli
- Sizning terma jamoa bilan tuzgan shartnomangiz qancha muddatga tuzilgan? Osiyo Kubogidagi natija shartnomaga tasir qilmaydimi, yani har qanday holatda ham 2022 yilgi Jahon chempionatida bosh murabbiy bo'lib ishlaysizmi?
- Hozir bu erda shartnomam haqida gapirishni istamagan bo'lardim. SHartnomam borasida barchasi joyida. Hozir bizni o'ylantirayotgan yagona narsa bu ertangi bahs. Fikru-xayolim O'zbekiston bilan o'yinga qaratilgan.

Baxtiyor SHirinov (AGMK matbuot xizmati) savoli
Muhammad Al Bakri: - Qatar terma jamoasi safida doim kuchli futbolchilar bor bo'lgan. Lekin yaqin orada katta natija ko'rsata olmagan. Bunga nima sabab?
- Bugungi kunda Qatar terma jamoasida avlodlar almashinuvi amalga oshirilmoqda. Yaqin yillarda terma jamoamiz anchayin kuchli bo'ladi, bunga shubha yo'q.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика