Qatar bosh murabbiyi: "Eronni hurmat qilamiz, lekin qo'rqmaymiz"
29 avg 2016 19:31
Yangiliklar
Qatar bosh murabbiyi: "Eronni hurmat qilamiz, lekin qo'rqmaymiz"
"Bizda sentyabrdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish uchun bir oy vaqt bo'ldi. Futbolchilarga qisqa tatil elon qildik, ular qaytishdi. Eron bilan bahsga tayyorlanish uchun etarli vaqt bo'ldi".
"Hozir bor etiborim JCH-2018 saralashi 3-bosqichi o'yinlariga qaratilgan. Doim uchinchi bosqich og'ir o'tadi. Bu bosqichni Eronga qarshi bahs bilan boshlaymiz. Ular 2014 yil Braziliyadagi mundialda ishtirok etib kelishgan. JCH-2022 mezboni sifatida 2018 yilgi mundialga chiqsak ajoyib bo'lardi. Eronni hurmat qilamiz, lekin ulardan qo'rqmaymiz", - deydi urugvaylik murabbiy Qatar futbol Associaciyasi rasmiy saytiga.
Eslatib o'tamiz, Qatar terma jamoasi 1 sentyabr kuni Tehronda Eron mehmoni bo'ladi. 6 sentyabr kuni o'z maydonida O'zbekiston terma jamoasini qabul qiladi.
Fikrlar