Qatar amiri MYUga egalik qilmoqchi. SHu bilan birga u PSJni ham saqlab qolish istagida
11 fev 2023 09:09
Yangiliklar
Qatar amiri MYUga egalik qilmoqchi. SHu bilan birga u PSJni ham saqlab qolish istagida
Qatar amiri "Manchester Yunayted" va PSJga egalik qilmoqchi.
Malum bo'lishicha, shayh Tamim bin Hamad al Toni MYUni xarid qilmoqchi. SHuningdek, u PSJni ham o'z ixtiyorida qoldirmoqchi.
Qoidalarga ko'ra, bir insonga tegishli klublar bitta musobaqada ishtirok eta olmaydi, masalan CHempionlar ligasida. Qatarda buni tushunib turishibdi va masalani hal qilishmoqchi.
Ular MYU va PSJ boshqa-boshqa tizim va insonlar tomonidan boshqarilishini UEFAga ko'rsatib berishmoqchi.
Bu variant ish berishi mumkin. CHunki bungacha "Red Bull" kompaniyasiga tegishli "Zalcburg" va "Leypcig" jamoalari 2018 yilgi Evropa ligasida ishtirok etishgan va o'zaro to'qnash kelishgan.
Fikrlar