So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Qatar amiri "Man Yunayted"ga yaqinlashmoqda. 5 milliardlik taklif tayyor (mutolaa uchun) Yangiliklar

Qatar amiri "Man Yunayted"ga yaqinlashmoqda. 5 milliardlik taklif tayyor (mutolaa uchun)

Tamim bin Xamad Al Tani anchadan beri britan madaniyatiga singgan.


Gleyzerlar oilasi noyabr oyining so'nggida MYUni sotishga tayyorliklarini elon qilishdi. Klub uchun bosh davogarlardan biri – Qatar amiri va MYU muxlisi bo'lgan PSJ xo'jayini Tamim bin Xamad Al Tani.


Mish-mishlarga ko'ra, Qatar jiddiy kirishgan. Amir APLdagi ilk klubni xarid qilmoqchi va sarmoyalar kiritish haqida o'ylamoqda

Arab nashri bo'lmish Doha Arab Stadium bosh muharriri Majid Al-Xelayfi qisqa, ammo informativ xabarni chop etdi.



Bloomberg xabariga ko'ra, qatarliklar "Man Yunayted"ni 5 mlrd funt evaziga xarid qilishga tayyor. Mamlakatning sobiq bosh vaziri va Qatar sarmoyaviy boshqarmasining sobiq rahbari Xamad Al Tanini o'z ichiga olgan konsorcium taklifga so'nggi nuqtani qo'ymoqda.

Sky Sports esa Qatar amiri pullarni sochmasligini yozmoqda. Gleyzerlar oilasi rostdan ham MYU uchun kamida 5 mlrd funt xohlashmoqda, ammo qatarliklar ortiqcha to'lamoqchi emaslar. Insayderlardan biri Qatar "Gleyzerlarning kuyiga raqsga tushmasligini" xabar qildi.

RMC Sport qo'shimcha qilmoqda: ilk taklif 4 mlrd evrodan oshadi, uni juma kuni kunduzi yuborishadi.

Daily Mail tafsilotlarga to'xtaldi. Agar qatarliklarning arizasi g'alaba qozonsa – amir esa bunga juda jiddiy kirishgan – ular o'zgarish kiritishdan oldin klubning barcha bo'linmalarini baholashadi. Klub xodimlari yangi xo'jayinlarda taasurot qoldirishlari kerak. Qaerga sarmoya kiritish kerak bo'lsa, bu amalga oshiriladi – maydonda ham, uning tashqarisida ham.

The Times muddatlar haqida yozmoqda. "Manchester Yunayted" yangi xo'jayinlarning Pasxa (9 aprel)gacha rasmiylashtirilishiga umid qilmoqda. Jarayonlarga yaqin manbalar qatarliklarning taklifini engish qiyin bo'lishi, sababi ularning resurslari miqdori va APLdagi birinchi klubni xarid qilish xohishini yozishmoqda.


Qatar amiri anchadan buyon britan madaniyatiga singgan. PSJ MYUni xarid qilishda halaqit berish ehtimoli kam



Le Parisien Qatar amiri bilan yaqin tanish. Tamim bin Xamad Al Tani Angliyada 90-yillarning so'nggida talim olgan payti britan madaniyatiga singgan. Uning yuragida doim bitta klub bo'lgan − "Manchester Yunayted". MYUni xarid qilish bo'yicha g'oya shaxsan undan chiqqan.

Gleyzerlar klubni 2022 yilning kuzida sotuvga qo'yishganida, Qatarning butun rahbariyati jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgandi. Ular yanvarda MYUni xarid qilish imkoniyatini o'rganishdi va endilikda katta taklif berishga tayyorlar.



PSJ katta ehtimol bilan MYUni xarid qilishga halaqit bermaydi. Daily Mail malumotiga ko'ra, UEFA CHempionlar ligasidagi ehtimoliy manfaatlar to'qnashuviga qaramay, Xamad Al Taniga Premer-ligaga kirishga ruxsat beradi.


***


MYUga boshqa davogarlar ham bor – Apple, Ilon Mask, Jim Retkliff ("CHelsi"ni xarid qilmoqchi bo'lgan) va Saudiya Arabistonidan sirli investor.

Sky Sport'ning xabar berishicha, "Yunayted" juma kuni arizalarni oladi – u erda pul miqdori va moliyaviy kafolatlar yozilgan.

Bitimni hali APL ham maqullashi kerakligini esdan chiqarish kerakmas.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика