So’nggi yangiliklar

22:11Габриэль Агбонлахор: "Ямал мени қўрқитмоқда"  0 21:57Ямалнинг ёшида Месси ва Роналдунинг статистикаси қандай эди?  6 21:35"Реал" Модрич ва Васкес билан шартномани узайтиради, аммо жуда қисқа муддатга  2 21:32Илёс Зейтуллаев "Ювентус"нинг ўрнига қаерга бориши мумкин бўлганини айтиб берди  4 21:15УЕФА ЕЧЛ ҳафта рамзий терма жаомасини эълон қилди  5 20:50Милитао жароҳатидан сўнг сафга қайтишга яқин  1 20:29Усмон Дембеле Goal талқинига кўра "Олтин тўп"га энг асосий номзод  5 20:05МЮ ва "Ювентус" бразилиялик хавбекка қизиқмоқда  0 19:40Зоммер: "Агар ақлли ўйнасак, "Барселона" билан ўйинда имконият бўлишини билардик"  1 19:14Яйпанда янги жамоа ташкил қилинди  25 18:48Ламин Ямаль: "Жавоб ўйинида боримизни берамиз"  11 18:22Хаби Алонсонинг ўрнини ким эгаллайди? "Байер" Фабрегас ва тен Ҳаг номзодларини кўриб чиқмоқда  7 17:51​"Барселона" футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  6 17:22"Рома"да апрель ойининг энг яхши футболчиси аниқланмоқда: Элдор Шомуродов даъвогарлар қаторида  25 16:56Ҳаммаси жиддий: Рюдигер жароҳати туфайли фаолиятини якунлаши мумкин  8

Qatar-2011 yulduzi Avstraliyada ham porlashi kutilmoqda Yangiliklar

Qatar-2011 yulduzi Avstraliyada ham porlashi kutilmoqda

Osiyo Kubogi-2015 musobaqasi boshlanishi arafasida bir qator xorijiy OAV O'zbekiston milliy terma jamoasi, shuningdek ushbu terma jamoa safida to'p suradigan futbolchilar haqida qiziqarli maqolalar chop etishdi.
Ana shunday maqolalardan biri Avstraliyaning www.sbs.com.au saytida chop etildi. Unda O'zbekiston terma jamoasi va Rossiyaning Krasnodar klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov haqida so'z boradi. Takidlash lozim, Avstraliya OAV Odil Ahmedovni nafaqat O'zbekistonning balki Osiyo Kubogidagi eng yaxshi futbolchilaridan biri deb atadi. 

Quyida ushbu maqola tarjimasini to'lig'icha o'qishingiz mumkin.

Tarkibdagi jarohatlar sabab vaqtinchalik markaziy himoyachi poziciyasida harakat qilganiga qaramay, Odil Ahmedov Oq bo'rilarning avvalgi Osiyo Kubogida yarim finalgacha etib borishida eng muhim rol o'ynagan o'yinchilaridan biri bo'ldi.

Oradan to'rt yil o'tgach O'zbekiston o'z tarixida ilk bor Osiyo Kubogi bosh sovrinini qo'lga kiritishga davogarlardan biri bo'lib turibdi. Ahmedov esa bu terma jamoaning yulduzi sifatida, Evropaga yo'l olish orzusini amalga oshirishi mumkin.

Bu safar o'zining doimiy ampluasi - tayanch yarim himoyachisi sifatida o'ynashi kutilayotgan futbolchi yakka kurashlarda ancha chaqqon va o'zini ayamay o'ynashidan tashqari, ajoyib texnika va pasga ega. Aynan shu xislatlari uchun bir paytlar Arsenal ustozi Arsen Venger va so'nggi Osiyo Kubogidan so'ng Yuventus klublari qiziqib qolishgan edi.

Ahmedov Qatardagi ajoyib o'yinlaridan so'ng ham Evropaga yo'l ola olmadi, sababi bu vaqtga kelib transfer mavsumi yopilgan edi. SHundan so'ng futbolchi Paxtakorni tark etdi va Anji safiga borib qo'shildi.

Anji safida Odil Ahmedov debyut o'yinidayoq gol urdi. SHundan so'ng, 2011 yil yakunlariga ko'ra Samuel Eto'O va Yuriy Jirkov kabi o'yinchilarni ortda qoldirib Anji safida yilning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.

Anji safida o'zbekistonlik futbolchi uch mavsum davomida to'p surdi, ammo jamoa xo'jayini o'z klub siyosatini o'zgartirgandan so'ng jamoani bir qator nomdor o'yinchilar tark etishdi.

SHundan so'ng Ahmedov Krasnodar safiga borib qo'shildi va ajoyib o'yinlari bilan jamoaning kuchli to'rtlikdan o'rin egallagan holda qishki tanaffusga chiqib ketishiga katta hissa qo'shdi. Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatli o'yini sabab esa, 27 yoshli futbolchi yana bir bor Evropaning kuchli jamoalariga yo'l olish uchun o'ziga ajoyib imkoniyat yaratishi mumkin.

Men o'zimni Angliya yoki Ispaniya chempionatlaridan birida sinab ko'rgan bo'lar edim, - deya o'z orzusi haqida to'xtalib o'tgan edi Ahmedov intervyularidan birida. Angliya va Ispaniyaning klublari juda kuchli va albatta ular safida o'ynashni istayman. Agar o'zimga qolsa, Arsenal safida o'ynagan bo'lar edim", - deydi Ahmedov.

Yulduzli yarim himoya

Musobaqaning B guruhida Saudiya Arabistoni, Xitoy va SHimoliy Koreyaga qarshi o'ynaydigan O'zbekiston terma jamoasi turnirda ishtirok etayotgan jamoalar orasida eng kuchli yarim himoya chizig'iga ega ekanliklari bilan maqtanishlari mumkin. Ular orasida ikki karra Osiyoning eng yaxshi o'yinchisi, terma jamoa sardori Server Jeparovni alohida qayd etish lozim.

SHuningdek, Temur Kapadze va Sanjar Tursunov kabi tajribali o'yinchilar qatorida yosh umidli yulduz - Jamshid Iskanderov ham turnir kashfiyotlaridan biri bo'lishi mumkin.

O'zbekiston terma jamoasi sardori hozirgi jamoaning hozirgi yosh avlod vakillari qitada eng kuchlilardan biri ekani va yoshlarga berilayotgan etibor tufayli Odil Ahmedov va Jamshid Iskanderovga o'xshagan futbolchilar etishib chiqayotganini takidladi.

O'zbekistonda futbol eng ommaviy va infrastrukturasi tez rivojlanayotgan sport turi hisoblanadi. Juda ko'p klublar hozir yangi stadionlarga ega bo'lishdi, ayrimlari esa qayta rekonstrukciya qilindi. Bunyodkor esa yangicha zamonaviy o'quv markaziga ega bo'ldi, - deydi Jeparov.

O'zbekiston mustaqillikka erishgach o'zining ilk rasmiy o'yinini 1992 yilda o'tkazgan va qitaning yosh va endi rivojlanib borayotgan jamoalaridan biri bo'lsa ham, Ahmedov, Jeparov kabi yulduzlar, qolaversa yangi o'sib kelayotgan yosh avlod vakillari Oq bo'rilarning kelajagi porloq ekaniga poydevordir.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика