So’nggi yangiliklar

14:49"Металлург" бош мураббийи ҳакамларни ёмонлагани учун жарима тўлайди  0 14:21Муҳаммад Чиҳ: "Ўзбекистон Коста-Рикага қараганда кучлироқ рақиб ҳисобланади"  2 14:08Пеп Гвардиола: "Лаутаро Мартинес – ажойиб футболчи"  2 13:41Суперлига. 19-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 13:20"Шўртан" жамоаси янги автобус билан таъминланди  1 13:03"Пахтакор" "Жар"да жарга қулаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  7 12:52"Милан" собиқ устози Шомуродов жамоасини бошқариши мумкин  8 12:37Расман: "Рома" Де Россини истеъфога чиқарди  1 12:15Жан Салас: "Ўзбекистоннинг гол уришига йўл қўймасдан, уларни мағлуб этишга ҳаракат қиламиз"  2 11:58Ўзбекистон U-15 терма жамоаси туркийзабон давлатлар мусобақасида қатнашади  0 11:40Ҳусниддин Нишонов: "Коста-Рикани нима қилиб бўлса ҳам ютишимиз лозим"  4 11:11Диего Чаварриа: "Тошкент менга Кариньо шаҳрини эслатиб юборди"  0 11:04Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Осиё кубоги саралаш ўйинларида иштирок этувчи таркиби маълум  4 10:32"Барселона" аъзоси дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланди  2 09:55Меҳрож Худойбердиев: "Мағлубиятга сабаб ҳимоядаги хатолар бўлди"  4

Qashshoqlikdan muvaffaqiyat sari: nochor oilada ulg'aygan mashhur top-futbolchilar Yangiliklar

Qashshoqlikdan muvaffaqiyat sari: nochor oilada ulg'aygan mashhur top-futbolchilar

Barchamiz o'yinchilar olayotgan maoshini muhokama qilishni juda yaxshi ko'ramiz.

Bu ham etmagandek, oddiy odamlar oyligi va ularning maoshi o'rtasidagi farqni ko'rib yoqamizni tishlaymiz. Aslida, ular bu borada aybdor emas: ularga shuncha beramiz deyishadi va ular o'sha pulni oladi. Ammo masalaning yana bir tomoni, ular bu darajaga erishgunicha qanchadan-qancha og'ir damlarni boshdan kechirgani, bugungi hashamatli hayot ortida mashaqqatli mehnat yotgani haqida bazi tanqidchilar o'ylab ham ko'rmaydi. Keling bugun kambag'al oilada qiyinchilik bilan voyaga etgan taniqli o'yinchilar haqida suhbatlashamiz.


1. Luis Suares
"Atletiko"

Urugvaylik futbolchi ko'p farzandli oilada ulg'aydi (7 farzand, barchasi o'g'il bola). Suaresning uyi yonida ayollar ahloqni tuzatish koloniyasi bor edi. SHu sababli, bolakay mashinalar yo'li yuzida futbol o'ynashiga to'g'ri kelardi. Salto diqqatga sazovor bo'lmagan va sayyohlar etiboridan chetdagi shahar edi.

Keyinchalik ular Montevideoga ko'chib ketishdi. Luis u erda futbol bilan shug'ullana boshladi. Ammo ko'p o'tmay, ota-onasi ajrashib ketdi va ona fazandlarini yolg'iz o'zi katta qila boshladi. O'yinchining onasi temir yo'l stanciyasida farrosh bo'lib ishlardi va maoshini kelasi oygacha zo'rg'a etkazardi. O'sha vaqtlar Suares mamlakatning eng yaxshi klublaridan biri — "Nasonal" futbol klubi akademiyasiga qabul qilindi. Suares deyarli barcha stipendiyasini onasiga yuborardi. U 17 yoshida shartnoma imzoladi va birinchi jamoasida debyut qildi. Luisning aytishicha, agar ular kambag'al bo'lishmaganida, hozir futbolchi bo'lmagan bo'lar ekan...


2. Aleksis Sanches
"Inter"

Aleksisning otasi ayoli va ikki o'g'lini tashlab ketgan ekan. Oila tashvishi yolg'iz onaning elkasida qoldi va u farzandlarini boqish uchun iloji boricha ko'proq ishlardi: baliq tutib, uni sotardi hamda farrosh bo'lib ishlardi. Aleksis ham mashinalarni yuvib, qo'lidan kelgancha onasiga yordam berardi.

Sanches muvaffaqiyatga erishishi uchun yagona imkoniyati futbol edi. Bir kuni shahar meri bolakayning iqtidorini payqab, unga butsalar sovg'a qildi. Bir necha yil ichida Aleksis Sanches haqida nafaqat CHili, balki butun Janubiy Amerikaliklar xabar topdi. Avvaliga "Udineze" bilan bitim tuzdi, keyin esa"Barselona" tomon yo'l oldi.


3. Karlos Teves
"Boka Xuniors"

Karlos Teves Argentinaning xavfli hududlaridan biri Fuerte-Apache rayonida tug'ilgan. U erda deyarli hamma odam yo o'g'ri, yo qotil yoki giyohvandfurush edi. Teves bolaligida yolg'iz o'zi ko'chaga chiqishga qo'rqardi. Sababi uning aytishicha, policiya xodimlari har kuni yangi o'liklarni olib ketishar, turli qichqiriqlar, otishma va sirenalar tovushi tinmagan ekan. Uyiga yoki sinf xonasiga istalgan vaqtda o'q otishgan emish. Tevesning otasini 23ta o'q bilan otib o'ldirishgan ekan.

Teves singlisi bilan xolasinikiga, boshqa rayonga ko'chib o'tadi va o'sha erda futbol o'ynashni boshlaydi. Tevesning bo'yni va ko'krak tomonidagi chandig'i achinarli bolaligidan xotira bo'lib qolgan. U o'n oyligida ustiga qaynoq suv to'kilib ketib, uchinchi darajali kuyish bo'lgan va ikki oy mobaynida davolangan ekan. Bugun Karlos o'z karerasi bilan faxrlanishi mumkin: bir necha bor APL va ikki marotaba A Seriya g'olibi hamda Argentina termasi safida bir nechta esdalik medallari sohibi.


4. Luka Modrich
"Real Madrid"

90-yillarda Yugoslaviya hududida urush bo'lgan. Natijada butun mamlakat ikki qismga bo'lingan. Modrichning oilasi malum muddatga uyidan ketishi va qochoqlar lagerida yashashiga to'g'ri kelgan. Luka 10 yoshga to'lganida, urush tugadi va bolakay "Zadar" jamoasi safida to'p tepa boshladi.

Urush tugagandan keyin ham to'qnashuvlar bo'lar, Modrich esa shunday sharoitda ham shug'ullanishiga to'g'ri kelardi. Bazida jonini saqlash uchun mashg'ulotning o'rtasida yashirinib olishga majbur edi. Modrichning ilk to'pi g'ijimlangan qog'ozlardan dumaloq qilib yasalib, skotch bilan yopishtirilgan "to'p" edi. Luka 16 yoshida Zagreb "Dinamo"si akademiyasiga qabul qilindi. Keyinroq esa "Tottenxem"ga o'tdi va dunyo miqyosidagi futbolchiga aylandi.


5. Krishtianu Ronaldu
"Yuventus"

Krishtianu ham ko'p bolali oilada tug'ildi. Onasi oshpaz bo'lib ishlardi. Otasi esa ko'p ichgani tufayli ishdan bo'shatib yuborilar va kasbini tez-tez o'zgartirishiga to'g'ri kelardi. Ammo Ronaldu otasini juda ham yaxshi ko'rardi. Krishtianu o'qishni uncha yoqtirmas, bo'sh vaqtida to'p bilan shug'ullanishga harakat qilardi.

Krishtianu 14 yoshida o'qishi yomonligi tufayli maktabdan haydalgan, biroq unga buning ahamiyati yo'q edi. Sababi allaqachon "Sporting" akademiyasiga qabul qilingandi. Uyidan uzoqda futbol bilan shug'ullanish oson bo'lmagan, bolakay ota-onasini sog'inib ko'p yig'lardi, ammo o'zini qo'lga olib shug'ullanishda davom etardi. Qiyin damlarni boshidan o'tkazgan futbolchi do'stlari bilan kechki payt Makdonaldsga borar va biror egulik berishlarini so'rardi. Krishtianu jamoadagi eng ozg'in bola edi, kechasi Makdonaldsda ovqatlanishi biroz bo'lsa-da massa yig'ishiga yordam berardi. Oradan ko'p yillar o'tdi. Ronaldu uni burgerlar bilan siylagan o'sha fastfud xodimasini izladi va ayolni topib, unga minnatdorchilik bildirish maqsadida kechki ovqatga taklif qildi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика