So’nggi yangiliklar

18:33Родри: "Таянч ярим ҳимоячилари маркетологлар ва мухлисларни ҳайратга соладиганлар тоифасига кирмайди"  0 18:06Даврон Чориев: "Футзалчиларимиз Бразилияга қарши ёрқин ўйин намойиш этишади"  0 17:35"Қўрқманглар, ҳаммаси назоратим остида". Катанец қандай қилиб натижага эришмоқчи?  10 17:13FourFourTwo энг яхши пенальтичилар рейтингини эълон қилди: Марадона, Ван Бастен ва Роналду кучли ўнликда  5 16:40Тренд давом этади: "Реал" етакчиси YouTube'да канал очди  2 16:180:7га қандай изоҳ берилди? Сўз мураббийларга (ЖЧ саралаш ўйинларидан кейинги фикрлар)  0 16:03"Манчестер Юнайтед" собиқ ҳужумчиси Бразилия чемпионатига ўтиши мумкин  0 15:36"Ҳозир бизга ўхшаган ҳужумчиларни топиш қийин"  3 15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  4 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  3 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  17

Qashqadaryo derbisi: “Nasaf” - “Mashal” uchrashuvi prevyusi Yangiliklar

Qashqadaryo derbisi: “Nasaf” - “Mashal” uchrashuvi prevyusi

Teglar :  NasafMashal
Voha futbol ishqibozlari XXVI O'zbekiston chempionatining 11-turida voha derbisiga guvoh bo'lishadi. Aslida bu tur derbilarga boy hisoblanadi.

Uchrashuv 18 may payshanba kuni G'uzor shahridagi “G'uzor” markaziy stadionida bo'lib o'tadi. Derbi maqomiga ega uchrashuv, soat 18:30da start oladi. Bir kun oldin, 17 may kuni yoshlar ligasi doirasidagi uchrashuv esa, Sputnik qo'rg'onidagi yoshlarimiz qarorgohi maydonida soat 18:00da boshlanadi.

O'zPFL, 11-tur. 18.05.2017 y.
“Nasaf” (Qarshi) – “Mashal” (Muborak)
G'uzor sh., “G'uzor” markaziy stadioni. Soat 18:30da
Bosh hakam
: Valentin Kovalenko (Toshkent)
Qanot hakamlari:  Nabijon Ro'zimov (Toshkent), Sultonmurod Ulfatov (Toshkent vil.)
Zaxira hakami:  Sultonmurod Abdurahmonov (Toshkent)
Nazoratchi: Ibragim SHaripov (Buxoro)
O'zPFL vakili: Axrol Inoyatov.

Valentin Kovalenko katta tanaffusdan so'ng yana “Nasaf” ishtirokidagi o'yinni boshqaradigan bshhldi. Ushbu hakam so'nggi bor, 2015 yili jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvni boshqargan.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Ushbu jamoalar o'rtasidagi chempionat bahslari 2002 yildan boshlangan. SHu yili jamoamiz har ikkala uchrashuvda ham muborakliklarni bir xil 2:0 hisobida mag'lub etgan. Jamoamiz safida “gazchilar” darvozasini birinchi ishg'ol etgan futbolchi Numon Hasanov hisoblanadi.

“Mashal” hamda “Nasaf” jamoalarining o'zaro o'yinlari tarixiga nazar tashlasak, o'tkazilgan 28 ta o'yinning 14 tasida "ajdarlar" zafar quchganligining guvohiga aylanamiz. "Mashal" vakillari esa 8 bor g'alaba qozonishgan. Qolgan oltita bahsda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. Etiborli jihati, barcha durang natijalar Muborakda qayd etilgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham mos ravishda “Nasaf” futbolchilari ustunlik qilmoqda: 46-27.

Voha derbisida Zafar Xolmurodov 8 marta gol kiritgan yagona futbolchi bo'lib turibdi.

Derbida uch marta “xet-trik” kuzatilgan. 2004 yili Muborakda Zafar Xolmurodov, 2007 yili Viktor Klishin raqib darvozabonlarini uch marta xafa qilgan.

Bu jamoalarning o'zaro o'yinlarida eng ko'p, besh marotaba qayd etilgan hisob - 2:0. Bu jamoalar o'zaro bahslashganda ikki bor nursiz durang qayd etilgan. Qolgan barcha uchrashuvlarda muxlislar gollarga guvoh bo'lishgan.

O'tgan yilgi mavsumda G'uzorda o'tkazilgan ikkinchi davra o'yinida “Nasaf”ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topgan. Uchrashuvdagi gollarni Bobir Abduxoliqov va SHarof Muhitdinovlar kiritgan.

Qarshidagi uchrashuvlarga oid faktlar

Mazkur jamoalar shu paytgacha Qarshida o'zaro 14 marta kuch sinashishgan. O'tgan uchrashuvlarning 12tasida “Nasaf”ning qo'li baland kelgan. 2 uchrashuvda “Mashal” jamoasi g'alaba qozongan. Qarshida bo'lgan uchrashuvlarda jamoalar o'rtasida biron marta durang natija qayd etilmagan. To'plar nisbati esa 33:10, ustunlik “Nasaf” tomonida.

“Mashal” jamoasi so'nggi bor 2008 yilgi Qarshida bo'lgan uchrashuvda g'alaba qozongan. Bu uchrashuv 2:3 hisobida yakun topgan.

Qarshida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda to'rt marta 2:0, to'rt marta 3:1, ikki marta 3:0 hisoblari ham qayd etilgan.

Raqiblarning bu yilgi chempionatdagi ishtiroki

“Nasaf” bu yilgi chempionatda 9ta uchrashuv o'tkazdi. Ularning beshtasida g'alaba, ikkitasida durang va yana ikki uchrashuvda mag'lub bo'ldi. 17 ochko bilan  3-o'rinni egallab turibdi. Bo'lib o'tgan uchrashuvlarning 4tasi uy uchrashuvlari, 5tasi safardagi uchrashuvlardir. Uydagi uchrashuvlarning barchasida g'alabaga erishilib, raqiblar darvozasiga 9ta gol urildi va bir uchrashuvda o'z darvozasidan to'p olib chiqishdi.

“Mashal” jamoasi esa 10ta uchrashuv o'tkazgan. Ularning to'rttasida g'alaba, uchtasida durang va yana uch uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan. Gazchilar turnir jadvalining 7-pog'onasida borishmoqda. “Mashal” shu paytgacha safarda 4ta uchrashuv o'tkazdi. Ularning bittasida g'alaba, bittasida durang va ikki uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan. Safardagi uchrashuvlarda raqiblar darvozasini to'rt marta ishg'ol qilishgan.

Bo'lajak uchrashuvning ahamiyati shundan iboratki, bu uchrashuvda “Nasaf” g'alabaga erishsa, turnir jadvalidagi holatini yaxshilab olish imkoniga ega bo'ladi. Qolaversa, 22 may kuni Toshkentda bo'lib o'tadigan O'zbekiston Kubogi-2017 chorak  finalining dastlabki uchrashuvi  oldidan futbolchilarimizga ruhiy dalda ham bo'ladi.

Jamoalar to'purarlari haqida

Futbolchilarimiz bu yilgi chempionatda raqiblari darvozasiga 13ta gol kiritishdi (bir o'yinda raqibimiz futbolchisi o'z darvozasini ishg'ol qilgan). Hozircha jamoamiz to'purari Dragan CHeran bo'lib turibdi. U hozirgacha 6ta gol kiritdi. Afsuski, bu hujumchimiz keyingi 3 uchrashuvda gol ura olgani yo'q. Yana bir fakt, futbolchilarimiz bu yilgi mavsumning faqat bir uchrashuvida 2ta gol urishdi (“Qo'qon-1912” – “Nasaf” 1:2). Qolgan safar uchrashuvlarida, jamoamiz bittadan ortiq gol ura olmayapti yoki umuman ura olmayapti.

1. Dragan CHeran (hujumchi) – 6(1)
2. Bahrom Abdurahimov (yarim himoyachi) – 3
3. Odiljon Hamrobekov (himoyachi) – 1
4. Bobir Abduxoliqov (hujumchi) – 1
5. SHarof muhitdinov (yarim himoyachi) – 1
6. Azizjon G'aniev (yarim himoyachi) - 1

“Mashal” jamoasi futbolchilari hozirgacha raqiblari darvozasini 10 marta ishg'ol qilishgan. Jamoa to'purarlari ro'yxatida yarim himoyachi Zafar To'raev karvonboshilik qilmoqda, To'raev bu yilgi mavsumda 3ta gol kiritgan.

1. Zafar To'raev (yarim himoyachi) – 3
2. Sardor Rahmonov (himoyachi) -2
3. Humoyun Murtazoev (hujumchi) – 2
4. Zohir Qo'ziboev (hujumchi) – 1
5. Iskandar SHoyqulov (himoyachi) – 1
6. Kenja To'raev (hujumchi) - 1

Demak, bo'lajak voha derbisi har ikki jamoa uchun katta ahamiyatga ega va murosasiz bahs bo'lishi turgan gap. Barcha vohamiz futbol ishqibozlariga ana shunday qiziqarli uchrashuvni o'tkazib yubormang, deymiz. “G'uzor” markaziy stadioniga tashrif buyuring!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика