So’nggi yangiliklar

19:02Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Саудия Арабистонига қарши таркиби маълум  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  4 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  3 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  11 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  8 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  1 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  1 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  3 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  6 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0

Qarshining “Sevinch” professional futbol klubi yutuqlari Yangiliklar

Qarshining “Sevinch” professional futbol klubi yutuqlari

“Sevinch” professional futbol klubi 2003 yili tashkil etilgan. “Sevinch” ayollar futboli bo'yicha mamlakatimizda tenggi yo'q, etakchi klub hisoblanadi.
Xalqaro maydonda esa mamlakatimizning munosib vakili hisoblanadi.

“Sevinch” shu paytgacha o'n karra O'zbekiston chempioni, sakkiz karra O'zbekiston Kubogi sohibasidir.

Ayni paytda amaldagi O'zbekiston chempioni hamdir.

“Sevinch” ning O'zbekiston chempionatida ilk debyuti ham 2003 yili bo'lib o'tgan, shu yili ular chempionatning bronza medalini qo'lga kiritishadi va bu shubhasiz katta yutuq edi. 2004 yili esa kumush medallarni qo'lga kiritdi.
Kelgusi 2005 yilgi chempionatda esa “Sevinch” PFK o'z tarixida birinchi marta mamlakatimizning chempioniga aylanishdi va oltin medallarga sazovor bo'lishdi.

2005 yil ham qizlarimiz hayotida o'chmas iz qoldirdi desak mubolag'a bo'lmaydi, chunki shu yili “Sevinch” jamoasi ayollar futbol jamoalari o'rtasidagi mini-futbol bo'yicha chempionatda ham chempionlikni, ham mamlakat kubogini qo'lga kiritishadi va mini-futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi tarkibida, Tailandda bo'lib utgan Osiyo o'yinlaridagi mini-futbol bo'yicha musobaqalarda qatnashib, g'alabaga erishadi.

2006 yili “Sevinch” qizlari o'zlarini mamlakatimizda etakchi futbol klubi ekanligini yana bir marta isbotlashadi. Ular mamlakat chempioni bo'lishib, ayollar o'rtasidagi mini-futbol bo'yicha ham chempion bo'lishgan va mamlakat kubogi sohibasi ham bo'lishgan.

2007 va 2008 yillar mavsumida esa “Sevinch” jamoasi o'ziga xos rekord o'rnatadi yani mamlakatimizdagi barcha sovrinlarni qo'lga kiritishgan, shuningdek ular plyaj futboli sovrinlariga ham egalik qilishgan.

2009 yil ayniqsa “Sevinch” qizlari uchun sovrinlar yig'ish bo'yicha sermahsul bo'ldi. Qizlarimiz bir qator xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Jumladan, Rossiyada tashkil etilgan mini futbol bo'yicha ayollar o'rtasidagi “Istrinskaya jemchujina” xalqaro musobaqasida bosh sovrinni. Iordaniyada bo'lib o'tgan mini futbol bo'yicha “Omon-76” kubogi musobaqalarida qatnashib yurtimizga g'alaba bilan qaytib kelishadi. Bundan tashqari xuddi shu yili, Qarshi shahrida bo'lib o'tgan Xalqaro “Karshi Cup-2009” turnirida raqiblariga hech qanday imkon qoldirmasdan bosh sovrinni qo'lga kiritishadi.

O'sha yili ichki chempionatimizda qizlarimiz mamlakat kubogini qo'lga kiritisha olmagan lekin buning o'rniga, ular Bolgariyada bo'lib o'tgan yana bir nufuzli musobaqa – Evropa Kubogi sovrinini qo'lga kiritishib qaytishadi, shunday qilib, O'zbekistonda ayollar futboli qay darajada rivojlanayotganini isbotlab berishgan.

2010 yili “Sevinch” qizlari 2007 yilda qo'lga kiritgan barcha rekordlarini takrorlashadi yani mamlakatimizdagi barcha sovrinlarni sohibalariga aylanishib, O'zbekiston terma jamoasi tarkibida, BAA da tashkil etilgan XIV Arab o'yinlari musobaqalari doirasidagi ayollar o'rtasida bo'lib o'tgan mini-futbol musobaqalari g'olibligini ham nishonlashgan.

2010 yil aprel va sentyabr oylarida esa “Omon-76” va “Karshi Cup-2010” xalqaro turnirlarining kumush medaliga sazovor bo'lishgan. Futzal bo'yicha Evropa kubogi musobaqalarida esa faxrli uchinchi o'rinni egallashib, bronza medalini qo'lga kiritishgan.

2011 yildan ketma-ket hozirgacha “Sevinch” qizlari ayollar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati shohsupasini hech qaysi jamoaga bermay kelmoqda.

Qizlarimiz 2009 va 2014 yillardan tashqari sakkiz marta ayollar o'rtasidagi katta futbolda O'zbekiston Kubogini qulga kiritishgan.

Mamlakatimizda keyingi paytlarda sohil futboli ham rivojlana boshlandi. Ushbu futbol turi bo'yicha ham bizda 2007 yildan qator musobaqalar o'tkazilib kelinmoqda. “Sevinch” qizlari ushbu futbol turida ham etakchilik rolini o'ynashmoqda. Ular 7 karra chempionlikni va shuncha O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritishgan. Faqat ushbu futbol turi o'tgan 2014 yilda o'tkazilmadi.

Albatta, bu yutuqlarni qo'lga kiritish oson bo'lgani yo'q. Avvalo yurtimizda ayollar futboliga bo'lgan katta etibor va g'amxo'rlik, qolaversa klubda faoliyat olib borayotgan jonkuyar insonlar, ularning tinimsiz mehnati yuqorida tilga olingan marralarni egallashda katta omil bo'ldi.

Qizlarimizning mamlakatimiz va xalqaro maydonlardagi yutuqlarga ega bo'lishida bosh murabbiy Xan Vladislav Nikolaevich, katta murabbiy Oleg Qahhorov, darvozabonlar murabbiyi Konstantin Smirnov, jamoa mamuri Dmitriy Konyarov kabi mutaxasislarning katta mehnati va jonbozligi bor.

Vohamiz futbol mutaxasislaridan biri Bahrom Norsafarov boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi asosini tashkil etuvchi “Sevinch” qizlari yaqindagina Osiyo-2015 saralash o'yinlarida Bahrayn termasini uning maydonida o'tkazilgan ikki o'yinda – 17:0 va 5:0 hisobi bilan mag'lubiyatga uchratdi va Osiyo chempionatining final turnirida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi. CHempionat sentyabr oyida Xitoyda o'tkazilishidan xabaringiz bor. Xabaringiz bor, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasida ham qizlarimiz doimo qatnashib kelishadi.

“Sevinch”ning xalqaro musobaqada ham mamlakatimizda o'tkazilayotgan futbol musobaqalarida ham munosib ishtirokida futbol sohasining tajribali mutaxasisi Xan Vladislav Nikolaevichning juda katta hissasi bor. Vladislav Nikolaevichning o'zbek futbolidagi faoliyati va hayoti haqida keyingi sahifalarimizda bafurja yoritishni rejalashtirganmiz. Ushbu mutaxasis ayni kunlarda o'z shogirdlarini 17-25 fevral kunlari Samarqand shahrida davom ettiriladigan ayollar o'rtasidagi mini futbol bo'yicha O'zbeksiton chempionatining 2-turiga tayyorlamoqda.

Eslatib o'tamiz, mazkur chempionat 1-turi yanvar oyida Qarshi shahrida o'tkazildi. Vladislav Xan shogirdlari mazkur turning barcha uchrashuvlarida ishonchli g'alaba qozonib, musobaqa turnir jadvalida karvonboshilik qilishmoqda.

“Sevinch” PFK matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика