So’nggi yangiliklar

19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  5 18:54Суперлига. ОКМК – "Нефтчи". Таркиблар маълум  7 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  2 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  6 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  14 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  2 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  7 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:18Валерий Седунов вафот этди  1 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  1 13:22"Айнтрахт" Беллингемга кўз тикди  12

Qarshida gol uruvchi "avtobus" Yangiliklar

Qarshida gol uruvchi "avtobus"

"Yana bir necha soatdan so'ng 1/2 final!" maqolasida shunday yozgan edik:

"Qarshidagi o'yin final taqdirini hal qilmaydi. "Nasaf" qarshi hujumda o'ynab, birinchi bo'lib gol urishning uddasidan chiqsa, "Lokomotiv"ni mag'lub etish oson bo'ladi. "Neftchi" va "Metallurg"ga qarshi o'yinlar shuni ko'rsatdi-ki, gol o'tkazib yuboradigan "Lokomotiv" bor etiborini hujumga qaratadi"...

O'yinda xuddi shunday bo'ldi ham. "Nasaf" birinchi bo'lib gol urdi, ikkinchisini urish uchun himoyalandi. "Lokomotiv" bor etiborini oldinga qaratdi va ikkinchi golni o'tkazib yubordi. Ikkinchi bo'limda Ro'ziqul Berdiev "Sony Plastation"dagi FIFA2015 o'yinida bo'lgani kabi, bir tugma bilan "AVTOBUS" funkciyasini yoqdi-qo'ydi.

"Lokomotiv"dagi muammo o'yin yoki murabbiyda deb bo'lmaydi. Futbolchi juda ham ko'p. O'zbekiston chempioni yoki Kubogi sohibi bo'lish uchun buncha ko'p futbolchi kerak emas. Mana chempionatning yarmidan ko'pi ortda qolibdiki, "Loko"ning birorta futbolchisi o'zini asosiy tarkib o'yinchisi deb bilmaydi. Yaxshi o'ynab turgan futbolchi "paq" etib zaxiraga o'tiradi. So'nggi o'yinlarni juda yaxshi o'tkazayotgan Dilshod Rahmatullaev Kubokda boshqa futbolchi o'yin amaliyotga ega bo'lishi uchun bo'lsa kerak zaxirada qoldi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan bo'lsa-da, undan naf chiqmadi. Aksincha, deyarli bir yil katta futbol o'ynamagan Ivan Nagaev muhim o'yinda asosiy tarkibda tushdi. Balki zamonaviy futbolda futbolchi joy tanlashi kerak emasdir, ammo Temurxo'ja Abduxoliqovning joyi hech qanaqasiga o'ng qanot yarim himoyasida emas. 

Ro'ziqul Berdiev boshlang'ich tarkibni o'zgartirmadi. "Olmaliq"qa qarshi maydonga chiqqan barcha futbolchilar "Lokomotiv"ga qarshi saf tortdi. Abramov esa aksincha tarkibda to'rtta o'zgarish qildi. Nesterov, Rahmatullaev, Hasanov, Mustafoev o'rniga Ikromov, Rahimov, Nagaev va To'xtaxo'jaev asosiy tarkibdan joy oldilar.

Qizig'i shundaki, "Nasaf" nafaqat tarkibni o'zgartirmadi, balki gol urgan futbolchilarni ham. "Olmaliq"ni 2:0 hisobda mag'lubiyatga uchratgan "Nasaf"dan gollarni Allaniyozov va Gadoev kiritgan edilar. 

Birinchi golda To'xtaxo'jaev to'pni raqibga berib qo'ydi. O'rtada Allaniyozovni qo'riqlayotgan himoyachilar nima uchundir joylarini o'zgartirdilar va Azamat 3-4 qadam oldinga tashlanib oldi, bu erda uni qo'riqlashi lozim bo'lgan Yanichich golni tomoshabin sifatida kuzatishdan o'zga chora topa olmadi.

Ikkinchi golda taktik xato qimmatga tushdi. Balki bizning jamoalarimiz uchta himoyachi bilan o'ynashi mumkindir, lekin himoyalanayotganda yarim himoyachilar ham himoyachi vazifasini o'tashlari talab etiladi. Ikkinchi golda chap qanotda o'sha amplua talabiga javob beradigan futbolchining yo'qligi pand berdi. Yuldashev, Yanichich va To'xtaxo'jaev markaziy himoyachilardir. Harchand urinmasin, ularni oyog'i markazga tortib ketaverdi.




"Nasaf" 2:0 hisobida g'alaba qozondi, ammo bu o'yinda qarshiliklar tashabbusga ega chiqdilar degani emas. "Nasaf" himoyasida ham muammolar etarli bo'ldi, faqat "Lokomotiv"da hujumlarni maromiga etkazishdagi omadsizlik kuzatildi. Temurxo'ja Abduxoliqov tomonidan olingan qizil kartochka esa Berdievga ancha asqotdi.

90+3-daqiqada esa Eldor Suyunov finalga teng seyvni amalga oshirdi. 

"Lokomotiv"ning o'yinlarini kuzatar ekanmiz, bu jamoa o'z qudratini o'zi bilmayotganini aytish mumkin. Jamoa bunday tarkib va sharoit bilan umuman boshqacha o'ynashi kerak. Vadim Abramov esa faqat futbolchilarni emas, murabbiylar shtabini ham yaxshi mutaxassislar bilan to'ldirganida hozir bugungidek qiynalmayotgan bo'lardi. Muftaxitdinov va Miklyaev, neytral baho bersak "Lokomotiv" saviyasidagi mutaxassislar emas. 

Nima bo'lgan taqdirda ham, javob o'yini juda qiziq bo'ladi.


O'zbekiston Kubogi.

Yarim final. Dastlabki o'yin.

"Nasaf" - "Lokomotiv" 2:0 (Matnli translyaciya)

"Markaziy" stadion.

Gollar: Azamat Allaniyozov (14), SHohruh Gadoev (28)

Hakamlar: Hasan Ro'ziev, O. Abduvosilov, S.SHoyusupov, Z.Qodirov.

"Nasaf": 25.Eldor Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 9.Ilhom SHomurodov (18.Bahrom Abduraximov, 64), 17.Artur Gevorkyan (7.Akrom Bahritdinov, 90), 20.Erkin Baydullaev, 22.SHohruh Gadoev (16.Alisher Yusupov, 73), 23.SHerzod Azamov, 28.SHuhrat Muhammadiev, 33.Odil Hamrobekov, 34.Farruh Sayfiev, 41.Azamat Allaniyozov.

"Lokomotiv": 12.Mamur Ikromov, 4.Bobur Yo'ldoshev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 13.Lutfulla To'raev (9.Dilshod Rahmatullaev, 66), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Sanjar SHoahmedov, 24.Ibrohim Raximov, 28.Ikrom Aliboev, 31.Nemanya Yanichich, 33.Oleg Zoteev (77.Jasur Hasanov, 49), 70.Ivan Nagaev (18.Timur Kapadze, 33).

Ogohlantirish: Ikrom Aliboev (90)

CHetlatish: Temurxo'ja Abduxoliqov (42)


Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi - SHuhrat Muhammadiev ("Nasaf").


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика