Qarshida bugun katta futbol

7 apr 2015, 14:48
Bugun Qarshining "Nasaf" jamoasi OCHL doirasida BAAning "Al Ahli"ga qarshi bahs olib boradi.
Ayni paytda Qarshi shahrida futbol havosi hukmronlik qilmoqda. Ob-havo ayni futbol o'ynaydigan desak mubolag'a bo'lmaydi. Bugun barchaning diqqat e'tibori soat 19:00da "Markaziy" stadionda boshlanadigan "Nasaf" - "Al Ahli" uchrashuviga qaratilgan. Chiptalar stadion kassalarida sotilmoqda. Chiptalar savdosi ancha avjiga chiqqan. Markaziy sektorlar uchun chiqarilgan chiptalar allaqachon tugab bo'lgan. "SA" xodimlari esa hozirda "Markaziy" stadionga yetib kelishgan va asta-sekin o'z ishlariga kirishishmoqda.
Uchrashuv boshlanishiga tobora oz vaqt qolmoqda. Demak barcha ishqibozlarni Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionga "Nasaf"ni qo'llab-quvvatlash uchun chorlab qolamiz! Zero muxlislarning ko'magi bugun "ajdarlar"ga juda zarur va lozim.

Manba: championat.asia