Qani ketdik, bugun O'zbekiston boshlaydi
15 sen 2014 06:56
Yangiliklar

Qani ketdik, bugun O'zbekiston boshlaydi
Va nihoyat orziqib kutgan kunimiz ham keldi. Bugun O'zbekiston terma jamoasi Gonkongga qarshi maydonga tushadi.
O'yinga hamma tayyor. Futbolchilardan tortib, murabbiylargacha. Sir emas, Gonkong guruhdagi asosiy raqibimiz. Aynan mana shu o'yin kim birinchi bo'lishiga oydinlik kiritadi.
Gonkong terma jamoasini himoya orqali, onda-sonda qarshi hujumlarda to'p tepishini bilamiz. Guruhimizdagi dastlabki uchrashuv "Incheon Munhak Stadium"da bo'ladi. O'yin mahalliy vaqt bilan soat 17:00da, Toshkent vaqti bilan esa 13:00da boshlanadi. Biznikilar 20:00/16:00da aynan shu stadionda Gonkongga qarshi maydonga chiqadilar.
Mazkur stadion JCH-2002 uchun qurilgan bo'lib, o'z bag'riga 49 000 nafar ishqibozni sig'diradi. JCH davomida 3ta o'yinga mezbonlik qilgan. Janubiy Koreya esa Portugaliyani aynan shu arenada mag'lubiyatga uchratgan edi.
Kechadan boshlab media markaz "qaynay" boshladi. Men ham bugun MMda faoliyatimni boshlagan holda, imkon qadar malumotlarni ko'paytirishga haraka qilaman.
Kundalik esa birozdan keyin.
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar