So’nggi yangiliklar

10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  0 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  0 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  25 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  14 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  19 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  21 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5

Qamoqdan chiqib, jahon chempioni bo'lgan "Oltin to'p" sohibi Yangiliklar

Qamoqdan chiqib, jahon chempioni bo'lgan "Oltin to'p" sohibi

1982 yili Ispaniyada bo'lib o'tgan Jahon chempionati bir nechta sabablarga ko'ra o'ziga xos edi.

Birinchidan, ilk bor musobaqada 16 emas, 24 jamoa ishtirok etdi. Ikkinchidan, Argentina dunyoga Diego Maradonani ko'rsatgandi (ammo futbolchi yana to'rt yil o'tib, chinakamiga katta sahnaga chiqadi). Uchinchidan, SSSR terma jamoasi mundialga bir yo'la 3 bosh murabbiy qo'l ostida tashrif buyurgandi. Ammo hattoki, murabbiylar jamoasi ham ijobiy natija uchun etarli bo'lmadi, Italiya chempion, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb esa Paolo Rossi tan olindi.

Forvard nafaqat bombardirlar poygasida birinchi bo'ldi, balki o'ziga ishonsa va chin dildan futbolni yaxshi ko'rsa, hattoki, qamoqda o'tgan uzoq tanaffusdan keyin ham cho'qqiga qaytish mumkinligini isbotlay oldi. Jahon chempionatidan bir yarim oy avval ham Italiya Rossini musobaqaga olib ketish yoki ketmaslik haqida o'ylayotgandi. Skuadra Adzurra sardori Dino Zoff boshi uzra kubokni ko'targanda esa hamma bosh murabbiy Enco Bearzot hujumchiga ishonch bildirgani uchun qoyil qolardi. Rossi ijrosidagi hayratomus mundialdan keyin hech kimda 1982 yilgi "Oltin to'p" kimga nasib qilishi borasida shubha qolmagandi.


"Yuventus": muhabbatdan nafratgacha bitta jarohat

Vittorio Rossi Pratodagi to'qimachilik fabrikasida oddiy ishchi edi. Dam olish kunlari u "Fiorentina"ga astoydil muxlislik qilar va oilasida o'zlarining Migel Montuorilari paydo bo'lishini orzu qilardi. SHu sababli, o'g'li 10 yoshga to'lganda, u Paoloni "Ambroizana" bolalar maktabiga olib boradi, keyinchalik u erdan bolakay "Katolika Virtus"ga o'tadi. 5 yil ichida Paolo Rossi o'ziga hos uslubni shakllantira oldi va buning natijasi o'laroq, kelajakda Italiya va butun dunyoga mashhur futbolchiga aylanadi. 15 yoshida iqtidorli o'yinchini kuzatish uchun "Yuventus" vakili Italo Allodi tashrif buyuradi va ortiqcha o'ylanib o'tirmay, turinliklarga Rossini sotib olish kerakligini aytadi.

Deyarli 3 yil davomida Paolo Rossi "Keksa Sinora"ning yoshlar jamoasida to'p tepdi, keyin esa tizzasidagi jarohatlar boshlanadi. Jarrohlik amaliyotisiz ish bitmadi, yana bir nechta operaciya. Rossining har ikki oyog'ida jiddiy muammolar bor edi. SHifokorlar futbolchiga hech qanday yaxshi xabar aytmadi, hujumchi esa faoliyatini yakunlash borasida jiddiy o'ylay boshladi. Rossi talim sohasida chala qoldirgan ishini davom ettirishni boshladi. Tiklanish jarayoni cho'zilar, "Yuventus" esa uzoq kutish niyatida emasdi. Natijada turinliklar Rossini "Komo"ga ijaraga berishga qaror qiladilar.

Keyinroq Paolo otasidan boshqa hech kim unga ishonmagani, ko'maklashmaganini takidlasa-da, "Yuventus" futbolchini o'ziga keltirish uchun qo'lidan kelganini qilgandi. "Komo"dagi ijara uchun ham "Keksa Sinora" pul to'lagan. Ammo yangi klubida ham hujumchining ishlari yurishmaydi — 6 o'yin va birorta ham gol yo'q. "Yuventus"ga Rossi tushkun kayfiyatda qaytardi, ustiga-ustak klub futbolchi transfer huquqini yarmini "Vichenco"ga sotish haqida kelishib olayotgan vaziyat edi. SHunday qilib, Paolo B Seriyani zabt etishga yo'l oldi.


"Vichenca"da - parvoz ketidan "Perudja"dagi - sho'ng'ish

O'zing uchun mos va senga ishonadigan murabbiyni uchratish qanchalar muhim. Paolo Rossi uchun Janbattista Fabbri shunday murabbiy bo'ldi. Aynan u sobiq-turinlikda qanot futbolchisi emas, markaziy forvardni ko'ra bildi. Rossi ham ishonchni oqladi! Birinchi mavsumda Paolo 21 gol bilan B Seriyaning eng yaxshi to'purari bo'ldi va "Vichenca"ga elita yo'llanmasini qo'lga kiritishda katta yordam berdi. "Yuventus"da esa hujumchilar bilan muammolar paydo bo'la boshlangandi. SHunda Turindagilar Rossi transfer huquqining 50% borligini eslab qolishadi. Lekin "Vichenca" ham asosiy snayperi bilan xayrlashishni istamasdi. SHunda qiziq bir holat yuz beradi: Rossi yangi mavsumni qaerda boshlashini hal qilish uchun o'ziga xos aukcion o'tkaziladi. Unda klublar konvertga transfer huquqining ikkinchi yarmini qanchaga loyiq ko'rishsa, o'sha summani yozib qoldirishlari kerak edi. Natijada, "Vichenca" 3 million, "Yuventus" esa 2 barobar kam to'lashga tayyor edi.

"Vichenca"ga to'laqonli o'tganidan so'ng Rossi jamoani chempionatda ikkinchi qildi, o'zi esa yana eng yaxshi to'purar bo'ldi, ammo bu safar A Seriyada. Paolo 24 ta gol urdi, eng yaqin taqibchisi Juzeppe Savoldi esa ("Napoli") – 16ta. SHu sabab, Rossi "Skuadra Adzurra" bilan Argentinadagi Jahon chempionatiga yo'l olgani hech kimni hayron qoldirmadi. Italiya yarim finalgacha etib bordi, Rossi esa musobaqa kashfiyotlaridan biriga aylandi. La Gazzetta dello Sport bu bilan cheklanmadi va Rossini yil odami deb elon qildi.

Ajoyib parvozdan so'ng, achinarli sho'ng'ish kutib turgandi. Yangi mavsumda "Vichenca"ning "ketmoni umuman uchmadi" va B Seriyaga tushib ketdi. Moliyaviy ahvolni yaxshilab olish uchun klubdagilar asosiy yulduzni sotishga qaror qilishadi va Paolo Rossi "Perudja"ga o'tadi. Aynan shu erda u Totonero janjaliga aralashib qoladi. Italiyada kelishilgan o'yinlar bo'yicha tergov-surishtiruv ishlari boshlanadi. Rossini "Perudja" – "Avellino" o'yinini "berganlikda" ayblashdi. Gap shunda ediki, hujumchining aybi 2ta gol urganida, yani raqib unga atayin imkon qoldirganida edi.

Rossi o'zini shunchaki aybdor qilishganini, sababi u Italiyadagi eng mashhur futbolchilardan biri, federaciya esa hammaga "mana deb ko'rsatib qo'yish uchungina" shunday qilgan deb hisoblagan. Uning barcha etirozlari asossiz deb topildi va Paolo Rossiga 3 yil 2 oy muddatga qamoq jazosi tayinlandi. Keyin italiyalik futbol mutasaddilari Ispaniyada bo'lishi kutilayotgan JCHni eslab, muddatni 2 yilga qisqartirishdi.


Hayotini o'zgartirib yuborgan xet-trik

Rossi Italiyani tark etish niyatida edi. OAV vakillari uni tinch qo'ymasdi. Yaqindagina uni qaxramon deyotgan "La Gazzetta dello Sport" ayniqsa "mehnat" qildi. Kutilmaganda yordamga "Yuventus" keladi. "Keksa Sinora" prezidenti Jampero Boniperti vaziyat va o'yinchining narxi o'zgarganini to'g'ri baholab, Rossini 1 million dollarga sotib oladi. Natijada, diskvalifikaciya muddati tugashiga bir yil qolganda Rossi Turinga ko'chib o'tdi. Uni "Yuve" bosh murabbiyi Jovanni Trapatonni ham iliq kutib oldi. Rossining aytishicha, murabbiy futbolchi o'yinlarda maydonga tushmasa-da, o'zini jamoaning bir bo'lagidek his qilishi uchun qo'lidan kelganini qilardi. 

Maydonga Rossi 1981/1982-mavsum oxirida qaytadi, 3 o'yinda ishtirok etadi va 1ta gol uradi. Termaning JCH uchun tarkibidan joy olishni orzu ham qila olmasdi. Ammo uni olishlarini Trapatonni juda istardi, murabbiy Rossi 2 yil davomida iqtidorini yo'qotmaganini takidlardi, Elenio Errera esa hujumchini qolganlar bilan solishtirganda "oyog'i eng engil" deb hisoblardi. Bu fikrlar Enco Bearzota uchun ahamiyatsiz bo'lmadi va u Rossini qaydnomaga kiritdi. 

Turnirning dastlabki uchrashuvlarida Rossining dabdala o'yini uchun Bearzotani ayovsiz tanqid qilishdi. Bosh murabbiy tanqidchilarga etibor bermay, hujumchi keyingi o'yinga tayyorlanishi kerakligini takrorlardi. Intervyularidan birida Rossi kiyinish xonasida butun jamoa hujumchi harakatlaridan qoniqmayotganini sezganini aytgan. Barchasi braziliyaliklarga qarshi bellashuvgacha bo'lgandi.

Rossi keyinchalik xotirlashicha, Selesao darvozasiga urilgan birinchi gol uning butun faoliyatini o'zgartirib yuborgan. "O'shanda xuddi yuqorida kimdir meni kuzatayotgandek, bir ajib his bor edi manda", — deydi Paolo. O'sha o'yinda Rossi 3ta gol urishga erishadi. Ungacha bunday natija bilan hech kim maqtana olmasdi. Rossi barchasi o'ziga bo'lgan ishonchga bog'liq deb hisoblardi. Xet-trikdan so'ng, Polsha bilan o'yinda yarim finalda u dubl qayd etadi, finalda esa nemislarni bir marta xafa qildi. Bu Rossi uchun ajoyib chempionat edi. Keyinchalik hujumichi ham "Oltin to'p"ni, ham "Oltin butsa"ni qo'lga kiritadi.


Yangi sovrinlar va yangi jarohat

Ispaniya ertagidan keyin "Yuventus"dagi ajoyib yillar boshlandi. Rossi Mishel Platini va Zbignev Bonek bilan nafaqat Italiyani, balki butun Evropani "yondirardi". SHu uchlik turinliklarga Skudettoni, Italiya Kubogi, Kubok egalari kubogi, Evropa chempionlar Kubogi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritishlari uchun zamin yaratdi. Ammo Rossi avvalgi samaradorligi bilan maqtana olmasdi. Bunga tizzasidan olgan jiddiy jarohat sabab bo'ldi. U futbolchini faoliyatining oxirigacha tinch qo'ymadi.

Avvalgi xizmatlari uchun Enco Bearzot Rossini Meksikadagi JCHga chaqiradi, ammo u erda futbolchi birorta o'yinda ishtirok etmaydi. U vaqtga kelib Rossi endi "Milan" sharafini himoya qilayotgandi, u erdan keyin "Verona"ga ko'chib o'tadi. Aynan shu klubda Paolo katta futbol bilan xayrlashdi. Faoliyatining yakuni chiroyli bo'ldi — Rossi "Verona" bilan chempion "Napoli"ni yirik hisobda mag'lub qildi, Paolo esa gollardan biriga mualliflik qildi.

Rossi butunlay futbolni tark etib ketolmadi. U muntazam Sky Sport Italia studiyalariga mehmon sifatida tashrif buyurdi, ko'plab uchrashuvlarda sharhlovchi vazifasini bajardi. Asosiy etiborini esa tijoratga qaratdi. Qurilish firmasini va zaytun va uzum etishtiruvchi fermani tashkil qildi. Italiyalik muxlislar uchun u 1982 yilgi Jahon chempionati g'alabasi timsoli hisoblanadi. Braziliyada o'sha xet-trik uchun Rossini hozirgacha "taksichilar" manziliga olib borib qo'yishdan bosh tortishadi. SHunday bo'ladi hamda axir Rossi avtobiografiyasini ham "Men braziliyaliklarni yig'lashga majbur qildim" deb nomlagan-ku...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика