So’nggi yangiliklar

20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  0 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  4 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  2 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  18 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  7 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  2

"Qaldirg'ochlar" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashdi FOTOGALEREYA Yangiliklar

"Qaldirg'ochlar" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashdi FOTOGALEREYA

Teglar :  Bunyodkor
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi uchun mavsumlar oralig'idagi tatil yakunlanib mashg'ulotlarga qaytdi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi "qaldirg'ochlar" 2018 yilgi mavsumga qaratilgan tayyorgarlikni bugun, 22 dekabr kunidan boshlashdi. Bugungi mashg'ulotlarda U-23 terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar ishtirok etishmadi. O'tgan mavsum boshqa klublarda ijarada o'ynagan bir qator futbolchilar "Bunyodkor"da shug'ullanishmoqda. Murodjon Zuhurov burnini operaciya qildirgani uchun murabbiylar shtabi tomonidan dam berilgan. Futbolchilardan faqat Sardorbek Azimov bugun yakka tartibda shug'ullandi. Qolgan futbolchilar asosan chigalyozdi mashg'ulotlarni bajarishdi va maydon bo'ylab yugurishdi.

Dastlabki yig'in 30 dekabrgacha davom ettiriladi. SHundan so'ng jamoa yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa muddatli tatilga chiqadi.

Saytimizning maxsus bo'limi orqali bugungi mashg'ulotlardan FOTOGALEREYAni tomosha qilish mumkin. 


Saytimizning maxsus bo'limi orqali bugungi mashg'ulotlardan FOTOGALEREYAni tomosha qilish mumkin. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика