"Qaldirg'ochlar" muxlislarni "Bunyodkor" stadioniga chorlamoqda
20 avg 2019 12:02
Yangiliklar
"Qaldirg'ochlar" muxlislarni "Bunyodkor" stadioniga chorlamoqda
Coca Cola Superliganing 18-turi doirasida 26 avgust (dushanba) kuni bo'lib o'tadigan poytaxt derbisi – "Bunyodkor" va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi bellashuvni "Bunyodkor" stadioni qabul qiladi.
Uchrashuv soat 19:15da boshlanadi.
SHu tariqa, "qaldirg'ochlar", nihoyat, o'z uy stadionlariga qaytishmoqda. "Bunyodkor" o'z stadionida so'nggi marta 2018 yilning 24 noyabr kuni maydonga chiqqandi. O'sha kuni toshkentliklar Bekobodning "Metallurg" klubini 1:0 hisobida mag'lub etgandilar.
"Bunyodkor" futbol klubi barcha futbol ixlosmandlarini 26 avgust kuni chimi yangilangan "Bunyodkor" stadionida o'tadigan qizg'in poytaxt derbisiga chorlab qoladi!
"Bunyodkor" muxlislar uchun o'ynaydi!", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar