So’nggi yangiliklar

13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  5 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0

Qachon sifatli formaga ega bo'lamiz? (Mulohaza) Yangiliklar

Qachon sifatli formaga ega bo'lamiz? (Mulohaza)

Bu savol ilk bor rasmiy ravishda shu yil o'tkazilgan MDH Kubogidan keyin ko'tarilgandi.
Esingizda bo'lsa, 1993 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat yoshlar terma jamoamiz mazkur musobaqada qatnashib kelgach, O'FF majlislar zalida Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov hamda yoshlarimiz ustozi Ahmadjon Musaev ishtirokida matbuot anjumani o'tkazilgandi.

O'shanda mutaxassislarga berilgan bir nechta savollar orasida sarlavhada keltirilgan savol ham ko'tarilgandi. Savolga javoban Asqar Tolibjonov miyig'ida kulgancha bir narsalarni gapirgani, ammo aniq javob bermagani hamon yodimizda. Ahmadjon Musaev esa “Yaxshi savol bo'ldi” degandek bosh barmog'ini chiqargan holda mushtini tugib “malades” deb qo'ygandi. 

SHundan beri oradan ozmi-ko'pmi vaqt o'tdi. Milliy terma jamoamiz jahon va Osiyo chempionati saralash o'yinlarida, yoshlar va o'smirlarimiz esa Turkiya va BAAda o'tkazilgan jahon birinchiliklarida qatnashib kelishdi. Ammo sifatli forma masalasi baribir hal etilmay qolaverdi. Jahon chempionatiga chiqa olmagach, bosh jamoamiz oldida nima qilib bo'lsa-da, Osiyo Kubogi-2015 yo'llanmasini qo'lga kiritish qoldi. Biz bunga ishonamiz va bu yo'lda terma jamoani qo'llab-quvvatlaymiz.

Ammo hozirgi kunda faqat natijaga erishish bilan ish bitmayapti. Forma masalasi baribir jiddiyligicha qolmoqda. To'g'ri, Joma sport liboslarini ishlab chiqaruvchi kompaniya jahon brendlaridan biri hisoblanadi. Evropada bir nechta klub va terma jamoalar ushbu firma mahsulotlaridan foydalanayotgani bor gap, lekin ulardagi sifat bilan biznikini taqqoslab bo'lmaydi. Oddiy misol, BAAda o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi kichik mundialda shuni ko'rdikki, sifat bo'yicha eng past formani bizning o'smirlar kiyib o'ynashdi. Xususan guruhdagi raqiblardan o'sha Panamada ham, Marokashda ham futbolchilar egnidagi libos ancha sifatli edi. Xorvatiya bilan Gonduras borasida ham shunday deya olamiz.

Eng asosiy jamoamiz hisoblangan milliy terma jamoada ham shu ahvol. Vetnam – O'zbekiston uchrashuvida tushirilgan fotosuratlarga nazar tashlab, futbolchilarimiz kiyib olgan libos birmuncha sifatsiz ekanligi hatto rasmlardan ham ko'zga tashlandi. SHu o'rinda tabiiy bir savol tug'iladi: barcha yoshdagi terma jamoalarimiz muntazam xalqaro maydonlarda to'p surib kelishmoqda va ular o'ynaganda barchaning nigohi qaratilgan bo'ladi. Xo'sh, ular qachon sifatli futbolkalarda to'p tepishadi? Malumki, tobora rivojlanib borayotgan jamiyatimizda chiroyli kiyinish madaniyati ham muhim o'rin tutadi. Ayniqsa, futbol uchrashuvlarining deyarli hammasi TV orqali namoyish etilayotgan bir paytda ekran qarshisidagilar baribir futbolchilarning kiyimiga etibor qaratishadi. Va o'yinchilarimiz kiyib olgan sifati birmuncha past liboslar albatta kishining dilini xira qilmasdan qolmaydi. (Hatto g'alaba qozonsak ham).

SHunday ekan, bu savolni yana bir marta ko'tarishdan maqsad – o'zi shundoq ham ko'p tanqid qilinayotgan Terma jamoalar markazini yana tanqid ostiga olish emas, balki forma masalasiga sal etiborliroq bo'lishga chaqirishdir. Zero, sifatli futbolka-shortilarda maydonga chiqib to'p tepganga nima etsin. Unutmaylik, tashqi ko'rinish ham yon-atrofdagilarning sizga bo'lgan munosabatiga o'z tasirini ko'rsatishi mumkin. Futbolchilarimiz shu Vatan uchun maydonda ter to'kishayotgan ekan, ular sifatli forma kiyib o'ynashga haqlidirlar.

Xayrulla Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика