Pyanich "Barselona"dan Kuman sabab ketganini aytdi
04 sen 2021 23:06
Yangiliklar
Miralem Pyanich "Barselona"dan ketishiga aynan bosh murabbiy Ronald Kuman sabab bo'lganini aytdi.
"Kuman o'zimga bo'lgan ishonchni o'ldirdi. Sababi, biz hech qachon o'zaro gaplashib ko'rmagandik. Menga barchasini ochiqchasiga gapirishsa, hamma narsaga chidashim mumkin. "Barsa"da esa unday bo'lmadi. Men oxirgacha kurashdim, o'zimni professionallardek tutdim. Kuman jamoada qoladigan bo'lsa, o'zimga yangi jamoa izlashimni bilar edim.
"Beshiktosh"ga maoshim kamayishiga rozi bo'lgan holda o'tdim, chunki men futbol o'ynashni sevaman", -deydi Miralem Pyanich.
Eslatib o'tamiz, "Beshiktosh" klubi futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga olgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar