So’nggi yangiliklar

17:23"Жайхун" — "Локомотив". Таркиблар маълум  0 16:34Влахович фойдали таклиф сабаб А Серияни тарк этиши мумкин  0 16:08Леау Ла Лиганинг топ клубларидан бирига ўтиши мумкин  1 15:40Тер Штеген "Барселона"дан кетиши мумкин. Нега?  10 14:32Орзу йўлининг муваффақиятли якуни ёхуд ҳар қадамда тарихга кирган Кападзе   12 14:11"Реал" 39 ёшли футболчи билан шартнома имзолаши мумкин?!  4 13:40ЦСКА бош мураббийи клубдан кетишга яқин  4 13:12"Ньюкасл" "Манчестер Юнайтед"нинг собиқ вингерини харид қилиши мумкин  0 12:42Гвардиола Ямал ҳақида: "Афсусдаман, аммо Мессига ўхшаши бўлмайди. Бу имконсиз"  26 12:12Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо...  0 11:41Жака Италия гранди сафига ўтиши мумкин  2 11:17Осимхен "Ал Ҳилол"га ўтмоқдами?  1 10:50“Челси“ ва “Арсенал“да ўйнаган футболчи фаолиятини Бразилияда давом эттиради  0 10:33Расман. Ўруновнинг ўрнига Абдихолиқов чақирилди  14 10:17“Челси“ “Барселона“ ярим ҳимоячиси учун 75 миллион евро таклиф қилд  4

Pxyonchxanda O'zbekiston bayrog'i hilpiray boshladi Yangiliklar

Pxyonchxanda O'zbekiston bayrog'i hilpiray boshladi

Ertaga Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o'yinlari boshlanadi.

Ushbu o'yinlarda o'zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etadi. Bugun mahalliy vaqt bilan soat 13:00da Pxyonchxandagi Olimpiya shaharchasida O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'ini ko'tarish rasmiy marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston futbol associyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, musobaqa tashkiliy qo'mitasi hamda delegaciyamiz azolari ishtirok etishdi.

Tantanali marosimda Pxyonchxan Olimpiya shaharchasi meri, stol tennisi bo'yicha Olimpiya va Osiyo o'yinlari chempioni, jahon chempionati va kubogi sovrindori Ryu Sing Min Umid Ahmadjonovga esdalik sovg'alarini topshirdi. O'z navbatida Umid Mahamadjonovich ham Olimpiya shaharchasi meriga O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan sovg'alar ulashdi.

Eslatib o'tamiz, XXIII Olimpiya o'yinlarining tantanali ochilish marosimi ertaga, 9 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 (Toshkent vaqti bilan soat 16:00) da boshlanadi. Unda tog' chang'isi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Komil To'xtaev delegaciyamiz bayroqdori vazifasini bajaradi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика