So’nggi yangiliklar

21:08Златан Роналдуга жавоб берди  0 20:44АПЛ топ-клублари қизиққан футболчини "Бавария" илиб кетмоқчи  0 20:16ПСЖда 7-рақамнинг янги эгаси маълум!  0 19:59Гави: "Ямал дунёнинг энг яхши футболчиси"  6 19:34Гари Невилл: "Гарначо ва Рэшфорд кетса, МЮ учун олдинга ташланган катта қадам бўлади"  7 19:10Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоасига хорижлик бош мураббийи тайинланди!  7 18:58Расман: Саҳоб Рашидов "Сўғдиёна"га қайтди!  0 18:37Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси йиғинга киришди  0 18:14"Пахтакор" яна бир легионер билан шартнома имзолаганини расман эълон қилди!  18 17:3217 ёшли Месси Франция Кубогида дубль қайд этди  4 17:04"Барса" "Камп Ноу"даги 475 та VIP-ўринни 30 йилга 100 миллион евро эвазига сотди. Клуб Ла Лигани 31 декабрда огоҳлантирган  15 16:19Абдуқодир Ҳусановгача "Манчестер Сити"да кимлар 45-рақамда ўйнаган?  23 15:53Трент Александер-Арнольд "Реал"га ўтади  8 15:20Осиё кубоги-2025 саралаши. Ўзбекистон - Кувайт учрашуви галереяси  1 15:03Breaking! Абдуқодир Ҳусанов бугун хусусий самолётда Манчестерга учиб боради  26

PvP. "Tottenxem"ning "Manchester Siti" ustidan qozongan g'alabasidan chiqarish kerak bo'lgan asosiy xulosalar Yangiliklar

PvP. "Tottenxem"ning "Manchester Siti" ustidan qozongan g'alabasidan chiqarish kerak bo'lgan asosiy xulosalar

Kecha "Manchester Siti" "Uayt Xart Leyn"da "Tottenxem"dan mag'lubiyatga uchradi.

"Tottenxem" hamda "Manchester Siti" o'rtasidagi o'yinni ko'pchilik intiqlik bilan kutayotgandi. CHunki bu jamoalar joriy mavsumni juda yaxshi boshlab, barqaror o'yin ko'rsatib kelayotgandi. Ammo ingliz ishqibozlari barqarorlikni yomon ko'rishadi, chunki APL o'zining kutilmagan natijalari bilan millionlab futbol muxlislarini o'ziga rom qilgan.

"SHporlar" bu uchrashuvgacha ochko yo'qotishgandi, ammo "shaharliklar" "Uayt Xart Leyn"ga chempionatda 100%lik natija bilan kelishdi. "Siti" shunchalik ishonchli o'ynayotgan ediki, xatto ekspertlar Pepni daho deb atay boshlagandi.

Maurisio Pochettino va Pep bilan bog'liq ajoyib hikoya bor. Argentinalik "Espanol" bosh murabbiyiga aylanganida Pochettinoning jamoasi Kataloniya derbisida "Barselona"ni mag'lub etgan. APLda Maurisio va Pep o'rtasidagi ilk qarama-qarshilikda ham "shporlar" ustozining qo'li baland keldi. Tasodifmi?


"SHaharliklar" haqli ravishda mag'lubiyatga uchradi. Pochettino o'yin uslubi "Siti" taktikalarini buzib tashladi.


"Tottenxem"ning yuqori pressinggi - g'alaba kafolati

Pochettinoning "Tottenxemi" nimasi bilan mashhur? To'g'ri, pressingdagi faolligi bilan. Bu zamonaviy futbol taktikalarida eng ko'p qo'llaniladigan uslub. To'p olib qo'yishlarning soni emas, uni bajarish uchun qilinadigan harakatlar muhim. O'tgan mavsumga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Lester Siti" va "Tottenxem" himoyachilarga bo'lgan bosimdan foydalanib, raqibga bo'sh zonalar taqdim etmagandi.


Kechagi pressing "shporlar"ning asosiy quroli bo'ldi. Bunga eng yorqin namuna sifatida Dele Allining o'yinini ko'rsatishimiz mumkin. To'pni tez olib qo'yish, aniq paslar, gol. Son Xyon Min ham o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi. Eriksen va Lamela bor kuchi bilan harakat qildi. Ularning barchasi o'z ustozining talablari bilan yaxshi tanish va pressingda kuchini ayamaydi.


Son Xyon Min - uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi

Ha, bu bahsda "Tottenxem"ning janubiy koreyalik hujumchisi Son Xyon Minga ko'proq etibor qaratmasak bo'lmaydi. Uning Angliyaga o'tishi juda sokin bo'lgan va APLdagi ilk o'yinlari ham ko'pchilikni hayron qoldirmagan, ammo joriy mavsum starti 24 yoshli ijrochining haqiqiy iqtidorini ochib berdi. "Bayer"da u juda yaxshi harakat qilgandi va endi Pochettino qo'l ostida o'yinini tiklab oldi. U 2016/17 mavsumning ilk o'yinlarida o'tgan mavsumda urgan gollarini urishga ulgurdi.


Son Xyon Min kecha "Siti" himoyasining ustunlarini yaxshigina qimirlatdi, ko'plab xavfli hujumlar yaratdi. Bravo darvozasi tomon to'rtta zarba berdi, jamoadoshlari uchun ikkita vaziyat yaratdi va ularning biri gol bilan yakunlandi. Koreyalikning yuqori o'yin saviyasi "Tottenxem"ga katta foyda olib keladi.


Antiqahramon Kolarov

Bu faqat avtogol tufayli emas. Uning ko'plab harakatlari juda noaniq bo'ldi. Kolarovni eng ishonchli himoyachilar safiga qo'shish qiyin, chunki u ko'proq yarim himoyachi joyida o'ynashni xush ko'radi. Qisqasini aytadigan bo'lsak, u murabbiy umidini oqlay olmadi va o'zi o'ynagan poziciyadagi vazifasini bajarmadi. 



Darvozabonlar jangi

Ko'pchiligingiz FIFA virtual futbol o'yini haqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Bazilar xatto unda o'ynab ko'rishga ham ulgurgan. Agar ushbu o'yinning so'nggisini o'ynagan bo'lsangiz, Ugo Lorisning natijalarini juda ko'tarib yuborishgan. Kechagi uchrashuvga nazar soladigan bo'lsak, ishlab chiqaruvchilar adashishmagan. Serxio Agueroning zarbalari, seyvlar - shunchaki fantastika! Darvozabon joy tanlashda adashmadi, uning reakciyasiga esa yuqori baho bersak bo'ladi.


Bravo ham yaxshi o'ynadi. O'tkazib yuborilgan gollarda uni ayblash qiyin. Xatto Erik Lamela ijrosidagi penaltini qaytargani uchun uni maqtasak ham bo'ladi.


"Siti"ning kelajagi

"Tottenxem"ga qarshi bahsda Pep Gvardiola shogirdlari ochiqchasiga yomon o'ynashdi. Ularni o'z maydoniga qamab qo'yishdi, "shaharliklar" to'pni nazorat qila olmadi. Bu haqda ispaniyalik mutaxassis o'yindan keyingi matbuot-anjumanida eslab o'tdi:

"Tottenxem" yaxshiroq o'ynadi. Biz noto'g'ri harakat qildik, ularni tabriklayman. Birinchi gol Glazgoda o'tkazib yuborganimizga o'xshaydi, bunday o'yinlardan qochish juda qiyin. So'nggi 15-20 daqiqani yaxshi o'tkazdik. Yuqori pressing bo'lishini bilardik, hammasiga tayyor edik, ammo ular barchasini yaxshi bajarishdi" - deydi Gvardiola.


Klublar futboli terma jamoalar o'yini tufayli tanaffusga chiqadi. Pep bu vaqtda ishlashdan to'xtamaydi. Biz hali "Siti"ning kuchli o'yinlarini ko'p tomosha qilamiz. "Tottenxem"ga qarshi bahsda chiroyli futbol guvohi bo'ldik. Unda mezbonlar ustunlik qilishdi, shu munosabat bilan "shporlar"ni tabriklasak bo'ladi. "Tottenxem" turnir jadvalida etakchi bo'lib olmadi, ammo ular bor kuchini namoyish etib, "Siti" bilan farqni kamaytirib olishdi.

PvP - Pep vs Pochettino - ajoyib jang bo'ldi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика