So’nggi yangiliklar

19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  0 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  3 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  4 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  101 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3

Puling bo'lsa xaltada... Yangiliklar

Puling bo'lsa xaltada...

Qatar terma jamoasiga har jihatdan kishining havasi keladi.

Oldinlari qita musobaqalarida faqat o'sha qitadagi terma jamoalar ishtirok etadi degan qoida bo'lardi. Lekin oxirgi yillarda ko'ryapmizki, bu qoida biroz chetga surib qo'yildi. Masalan, Qatar terma jamoasi istasa Janubiy Amerikada, istasa Evropada o'ynayapti, hatto rasmiy o'yinlarda maydonga tushyapti. Bu jamoa endi KONKAKAF mintaqasidagi Gold Cup musobaqasida ham ishtirok etadi. 

Gold Cup nima? 

Gold Cup bu o'zimizning Osiyo Kubogiga o'xshagan KONKAKAF mintaqasining nufuzli turniri. Ushbu musobaqa shu yilning 10 iyul - 1 avgust kunlari AQSHda bo'lib o'tadi va mazkur musobaqaga Qatar terma jamoasi ham taklif olgan. 16 jamoa ishtirok etadigan turnirda Qatar terma jamoasi "D" guruhidan joy oldi va guruh bahslarini Panama, Grenada, Gondurasga qarshi o'tkazadi. Bu musobaqada Meksika, AQSH, Kanada, Kosta-Rika, Yamayka kabi kuchli jamoalar ham qatnashadi.


Qatar Kopa Amerikada ham ishtirok etishi mumkin edi

Ha, shunday. Qatar terma jamoasi 13 iyun - 10 iyul oralig'ida Argentina va Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Kopa Amerika-2021 musobaqasiga taklif etilgandi. Biroq OFK to'xtab qolgan JCH saralash o'yinlarini aynan iyunga belgilab Qatarning rejalarini chippakka chiqardi. 

Endilikda Qatar Janubiy Amerikaga yo'l olishdan ko'ra, Osiyoda qolib Hindiston va Ummon bilan o'ynashga majbur. Mayli, Kopa Amerika bekor bo'lsa bo'lgandir, lekin buyoqda Gold Cup chiqib qoldi va buning ustiga musobaqa 10 iyuldan boshlanadi, borib qatnashsa nimasi yomon. 

Bilasizmi? Qatar JCH-2022 Evropa saralash bahslarida ham ishtirok etyapti

Hatto UEFA ham bag'rini keng ochib Qatarni kutib oldi va "A" guruhiga joylashtirdi. To'g'ri, Qatar saralash o'yinlarida konkursdan tashqari qatnashyapti va ochkolari inobatga olinmaydi, biroq kuchli jamoalar bilan o'ynayotgani etiborga molik. Malumot uchun, Qatar termasi "A" guruhidan joy olgan bo'lib, raqiblari Portugaliya, Serbiya, Irlandiya, Lyuksemburg va Ozarbayjon.

 


Osiyo Kubogidagi g'oliblik

2019 yil BAA maydonlarida o'tkazilgan Osiyo Kubogida Qatarning qo'li baland kelib chempionga aylandi. SHundan so'ng ushbu yurt jamoasi uchun barcha darvozalar ochildi. JCH-2022 mezboni Qatar shundan beri kuchli jamoalar bilan o'ynab kelmoqda, bu esa o'z navbatida ham futbolchilar, ham terma jamoa murabbiylar shtabi uchun katta maktab vazifasini o'tayapti. 

Qatarning Osiyo Kubogidan keyin o'tkazgan o'yinlari:

05.06.2019. Braziliya - Qatar 2:0 (o'rtoqlik uchrashuvi)

16.06.2019. Paragvay - Qatar 2:2 (Kopa Amerika)

19.06.2019. Kolumbiya - Qatar 1:0 (Kopa Amerika)

23.06.2019. Argentina - Qatar 2:0 (Kopa Amerika)

05.09.2019. Qatar - Afg'oniston 6:0 (JCH-2022/Osiyo Kubogi-2023 saralash)

10.09.2019. Qatar - Hindiston 0:0 (JCH-2022/Osiyo Kubogi-2023 saralash)

10.10.2019. Bangladesh - Qatar 0:2 (JCH-2022/Osiyo Kubogi-2023 saralash)

15.10.2019. Qatar - Ummon 2:1 (JCH-2022/Osiyo Kubogi-2023 saralash)

14.11.2019. Qatar - Singapur 2:0 (o'rtoqlik uchrashuvi)

19.11.2019. Afg'oniston - Qatar 0:1 (JCH-2022/Osiyo Kubogi-2023 saralash)

26.11.2019. Qatar - Iroq 1:2 (Arab Ko'rfaz Kubogi)

29.11.2019. Qatar - Yaman 6:0 (Arab Ko'rfaz Kubogi)

02.12.2019. Qatar - BAA 4:2 (Arab Ko'rfaz Kubogi)

05.12.2019. Qatar - Saudiya Arabistoni 0:1 (Arab Ko'rfaz Kubogi)

12.10.2020. Gana - Qatar 5:1 (o'rtoqlik uchrashuvi)

13.11.2020. Kosta-Rika - Qatar 1:1 (o'rtoqlik uchrashuvi)

17.11.2020. Janubiy Koreya - Qatar 2:1 (o'rtoqlik uchrashuvi)

04.12.2020. Qatar - Bangladesh 5:0 (JCH-2022/Osiyo Kubogi-2023 saralash)

24.03.2021. Qatar - Lyuksemburg 1:0 (UEFA JCH-2022 saralash)

27.03.2021. Qatar - Ozarbayjon 2:1 (UEFA JCH-2022 saralash)

30.03.2021. Qatar - Irlandiya 1:1 (UEFA JCH-2022 saralash)


Qatarni shu yil oxirigacha kutayotgan o'yinlar:

03.06.2021. Hindiston - Qatar (JCH-2022/Osiyo Kubogi-2023 saralash)

07.06.2021. Ummon - Qatar (JCH-2022/Osiyo Kubogi-2023 saralash)

13.07.2021. Qatar - Panama (KONKAKAF Gold Cup)

17.07.2021. Grenada - Qatar (KONKAKAF Gold Cup)

20.07.2021. Gonduras - Qatar (KONKAKAF Gold Cup)

01.09.2021. Qatar - Serbiya (UEFA JCH-2022 saralash)

04.09.2021. Qatar - Portugaliya (UEFA JCH-2022 saralash)

07.09.2021. Lyuksemburg - Qatar (UEFA JCH-2022 saralash)

09.10.2021. Portugaliya - Qatar (UEFA JCH-2022 saralash)

12.10.2021. Qatar - Irlandiya (UEFA JCH-2022 saralash)

11.11.2021. Serbiya - Qatar (UEFA JCH-2022 saralash)

14.11.2021. Ozarbayjon - Qatar (UEFA JCH-2022 saralash)

30.11.2021. Qatar - Bahrayn/Quvayt (FIFA Arab Kubogi)

03.12.2021. Ummon/Somali - Qatar (FIFA Arab Kubogi)

06.12.2021. Qatar - Iroq (FIFA Arab Kubogi)

P.S. Bu hali hammasi emas. Agar Qatar o'zi ishtirok etadigan musobaqalarda guruhdan chiqsa, o'yinlari yanada ko'payadi. SHuningdek, u bu kim bilan o'rtoqlik uchrashuvlari ham chiqib qolishi mumkin.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика