Pul tugadimi? Saudiya Arabistonining TOP klublari transferi uchun cheklov qo'yildi
07 jan 2024 09:22
Yangiliklar
Pul tugadimi? Saudiya Arabistonining TOP klublari transferi uchun cheklov qo'yildi
Saudiya Arabistoni suveren jamg'armasi (PIF) mamlakatning to'rtta etakchi klubi (“Al Hilol”, “Al Nassr”, “Al Ittihod” va “Al Ahli”)ga qishki transferlari uchun cheklov o'rnatdi.
Jamoalar PIF'ning ko'magisiz yirik transferlar amalga oshira olmaydi. Har bir klub yanvar oyida o'z tarkibini kuchaytirish bo'yicha ish olib boradi, ammo har qanday xarid bir qator qatiy talablarga javob berishi kerak. Ayni damda klublar o'zlaricha davlat mablag'isiz yuqori saviyadagi futbolchilarni taklif qilish huquqiga ega emaslar.
SHu tariqa, Saudiya klublari 2023 yilning yozida bo'lgani kabi qishda ham dahshatli xaridlar amalga oshirish imkonini yo'qotdi
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda Saudiya Arabistoni jamoalari transferlar uchun 875 million dollar sarflashgan.
Fikrlar