So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  23 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Pul masalasi. Antalyaga bor, qarzlar uchun yo'q... Yangiliklar

Pul masalasi. Antalyaga bor, qarzlar uchun yo'q...

Predrag Vuyovich masalasi yopilganidan keyin 20 fevral kuni FIFA "Andijon"dan transfer taqiqini olib tashlagani malum qilindi.

Bir qarashda barchasi hal bo'lgan-u endi klub istalgan futbolchini transfer qilishi mumkin. Ammo, "Andijon" hamon yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmasligi mumkin. 

CHunki oldin xabar berganimizdek, klubning mahalliy futbolchi va murabbiylar oldidagi qarzdorligi bartaraf qilinmagan. Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, Jasur Jaloliddinov, Doniyor Usmonov, Ibrohim Otaxonov, Aleksandr Kit, Muhammad Isaev va Jasur Umrzoqovlar oldida o'tgan yildan qolgan qarzlar mavjud. 

1) Jamoa vice-prezidenti Jahongir Nuriddinov bilan bog'lanib, bu masalada fikr oldik: "To'g'ri, "Andijon"ning bir qator mahalliy futbolchilar oldida qarzdorligi saqlanib turibdi. Biz ularning 75 foizi bilan kelishuvga erishdik va qarzlarni yozga qadar oyma-oy to'lab boramiz".

Bunga aniqlik kiritish maqsadida Doniyor Usmonov va Jasurbek Jaloliddinovdan "kelishuv" masalasida so'radik. Javob salbiy bo'ldi. 

2) Bunday holatda "Andijon"  klubi futbolchilarni O'zPFL ro'yxatidan o'tkazish jarayonida muammolarga duch keladi. Klub vice-prezidentiga shu savol bilan yuzlandik.

"Ayni paytda klub uchun qarorgoh barpo qilish, maydon holatini yaxshilab, stadion yoritgichlarini sozlash uchun katta mablag' kerak. SHu tufayli qarzlarni to'lash uchun biroz muddat olamiz. PFL bu masalada bizga amaliy yordam bermoqda", — dedi Nuriddinov.

Bu fikr bo'yicha tushuntirish berishini so'rab, O'zPFL matbuot xizmatiga murojaat qildik. 

"Andijon"ning hozirgi rahbariyati jamoani qiyin vaziyatda qabul qilib olgani tufayli O'zPFL 2021 yilda jamoaga bir qator engilliklar yaratib bergan edi.
2022 yilda holat boshqacharoq. Klubning O'zPFL oldida ham majburiyatlari bor. Biz buni kechiktirib turishimiz mumkin. Ammo, boshqa qarzlar masalasi juda murakkab. Masalan, Futbolchilarning o'tishi va maqomi bo'yicha qo'mita klubga o'yinchilar oldidagi qarzni 21 fevralga qadar uzish vazifasini qo'ygandi. Ammo, bu masala hamon ochiq turibdi.
SHunday holatda biz qo'mita qaroriga qarshi chiqa olmaymiz. Xullas, "Andijon" hozir juda og'ir ahvolda. Vaqt esa juda kam qoldi", — dedi tashkilot rasmiysi.

Qiziqarli jihati, "Andijon" ayni paytda Antalyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazyapti. Nima deb o'ylaysiz, Turkiyaga borish uchun sarflangan pul qarzlar uchun tarqatilishi kerak emasmidi? Klub rahbariyati bu vaziyatdan qanday chiqib ketadi? Ularga vaqt etadimi?

Eslatma! Transfer oynasi yopilishiga 4 kun vaqt qoldi.

Jasurbek Qosimov

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика