Puyol "AS" gazetasining sovrinini qo'lga kiritdi
16 dek 2014 15:46
Yangiliklar


Puyol "AS" gazetasining sovrinini qo'lga kiritdi
"Barselona" sobiq himoyachisi Karles Puyol faoliyatida erishganlari uchun "AS" gazetasi tomonidan taqdirlandi.
Puyol Kataloniya klubi va futbol tarixidagi eng yaxshi jamoa hisoblanadigan "Barselona" sardori bo'lgan.
Ispaniya terma jamoasiga keladigan bo'lsak, Puyol 2010 yilda jahon chempionatida nemislarga qarshi yarim finalda o'z jamoasiga g'alabani taqdim etgan.
"Men bu vaziyatni bir necha marta ko'rganman va bunday charchamayman. O'sha vaqtlarni qumsayman. Endi futbolni boshqa tarafdan o'rganishga harakat qilyapman" - deydi Puyol.

Fikrlar