PSV "Napoli"dagi sobiq yulduzini ortga qaytaradi
01 sen 2023 14:57
Yangiliklar
PSV "Napoli"dagi sobiq yulduzini ortga qaytaradi
Niderlandiyaning PSV Eyndxoven klubi "Napoli" bilan Meksika termasi vingeri Irving Losano transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqida insayder Janluka Di Marcio xabar bermoqda.
Malumotlarga ko'ra, PSV futbolchi uchun 10 million evro + 5 million ehtimoliy bonus ko'rinishida berishga tayyor. Biroq ayni damda 28 yoshli futbolchining 4.5 million evro maoshi transfer amalga oshishiga jiddiy to'siq bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Losano 2017 – 2019 yillarda PSV sharafini himoya qilgan. Aynan shu klubda Irving 2019 yil 42 million evro evaziga "Napoli"ga yo'l olgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar