PSV muxlisi "Sevilya" posboniga hujum qildi
24 fev 2023 20:16
Yangiliklar
"Sevilya" darvozaboni Marko Dmitrovichga Niderlandiyadagi maydonda tomoshabinlardan biri hujum qildi.
Evropa ligasi pley-off bosqichida doirasida PSV va "Sevilya" jamoalari o'zaro bellashdi. Dastlabki o'yinda ispaniyaliklar 3:0 hisobida g'alaba qozongandi. Javob bahsida esa Lyuk de Yong va Fabio Silvaning gollari Rud van Nestelroy shogirdlariga g'alaba taqdim etdi, biroq bu gollar keyingi bosqichga chiqish uchun etarli bo'lmadi.
Mag'lub taraf muxlisi mehmonlarning 31 yoshli posboniga musht tushirgan, biroq darvozabon o'zini himoya qilib, uni erga yiqitgan.
SHundan so'ng styuardlar tomoshabinni maydondan olib chiqib ketishdi. Serbiyalik posbon bu vaziyatni qoraladi: "Futbolda bunday holatlarni guvohi bo'lish hech qachon yoqimli bo'lmaydi. O'yinchi bu kabi holatga duch kelmasligi lozim. Tartibsizlik qilganlar jazolanadi deb umid qilaman. Tomoshabin kelib ortimdan turtib yubordi. Menimcha, u natijadan g'azablangan bo'lsa kerak. U meni urishga harakat qildi, men esa xavfsizlik xodimlari kelguniga qadar uni bosib turishga majbur bo'ldim".
Fikrlar