PSJ yana bir futbolchini ilib ketish arafasida. Bu gal o'ljasiz qoladigan jamoa CHL g'olibi
23 iyu 2021 21:35
Yangiliklar
PSJ yana bir futbolchini ilib ketish arafasida. Bu gal o'ljasiz qoladigan jamoa CHL g'olibi
Parijliklar yozgi transferlar bozorining asosiy xaridorlaridan biri bo'lib turibdi.
PSJ "Inter" himoyachisi Ashraf Hakimi uchun kurashda "CHelsi"ni ortda qoldirdi. Parij klubi futbolchi uchun 70 million evro to'laydi.
Marokashlik o'yinchi "CHelsi"ga o'tishga yaqin edi, ammo qayd etilishicha, "aristokratlar" parijliklar bilan aslida raqobatlashmagan. Londonliklar Hakimi uchun 80 million so'ragan Milan klubining arzonroq narxga rozi bo'lishiga ishonishgandi.
Bir yil oldin "Inter" Hakimi uchun "Real"ga 45 million evro to'lagandi. Futbolchi mavsum davomida 7 ta gol urdi va sheriklariga 11 ta to'p kiritishiga ko'maklashdi.
Hakimi PSJ qo'lga kiritgan A Seriyaning ikkinchi futbolchisi bo'lishi mumkin. Tez orada francuz klubiga "Milan"ning sobiq darvozaboni Janluiji Donnarumma qo'shiladi.
Fikrlar