PSJ Xedirani o'z safiga chorlamoqchi
22 sen 2020 00:35
Yangiliklar


PSJ Xedirani o'z safiga chorlamoqchi
“Yuventus” yarim himoyachisi Sami Xedira faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin.
“Foot Mercato”ning “Sky Germany”ga tayanib xabar berishicha, PSJ sport direktori Leonardo futbolchini jamoasi o'rta chizig'ini kuchaytirishiga ishonmoqda. SHuningdek, Xediraning tajribasi va maydondagi harakatlari parijliklar ustozi Tomas Tuxelga ham maqul kelgan.
Hozircha tomonlar o'rtasida muzokaralar borasida hech qanday gap so'zlar yo'q. PSJ tomoni Xediraning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasini bekor qilishi borasidagi harakatlarini kuzatib bormoqda. Agar Xediraning Turinliklar bilan yana bir yillik shartomasi amal qilishda davom etsa, francuz klubi uni sotib olishga urinib ko'radi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar