

PSJ rahbariyati yarim himoyachini xarid qilish bo'yicha "Chelsi" bilan muzokaralarni boshlashga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsumda tugaydi va tomonlar kelishuvni uzaytirish istagida emas.

Avvalroq, Villianning o'zi Braziliyaga qaytish niyati yo'qligi, faoliyatini Yevropada davom ettirishni istayotgani haqida xabar bergan edi.



