PSJ “Vest Xem” himoyachisiga 50 million taklif qildi
28 okt 2018 10:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/460103_original.jpg)
![](/upload/storage/460103_220.jpg)
PSJ “Vest Xem” himoyachisiga 50 million taklif qildi
Britaniya matbuotidagi xabarlarga qaraganda, parijliklar 21 yoshli franciyalik futbolchi uchun “bolg'achilar”ga 50 mln funt sterling (taxminan 56 mln evro) taklif qilishyapti. Diopga “Manchester Yunayted” klubi ham og'iz solgan.
“Qizil iblislar” bosh murabbiyi Joze Mourinoning shaxsan o'zi himoyachini o'z klubi tarkibida ko'rish istagini bildirgan. Portugaliyalik mutaxassis aynan “Vest Xem”dan qabul qilib olingan (1:3) mag'lubiyatdan so'ng Diopni “monstr” deb atagandi.
Malumot uchun, Issa shu yilning iyun oyida “Vest Xem”ga Franciyaning “Tuluza” jamoasidan 22 mln funt sterling (taxminan 24,7 mln evro) evaziga ko'chib o'tgan edi. Franciyalik himoyachi o'shanda London klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagandi. Diop “Vest Xem” libosida Premer-liganing barcha 8ta uchrashuvida maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar