PSJ transfer oynasi yopilguniga qadar yana bir transferni rasmiylashtirishi mumkin
23 avg 2021 22:04
Yangiliklar
PSJ transfer oynasi yopilguniga qadar yana bir transferni rasmiylashtirishi mumkin
PSJ "Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Manbaga ko'ra, Parij klubi 18 yoshli futbolchining transferi borasidagi aloqalarni kuchaytirgan.
Qiymati 55 million evroga baholanayotgan franciyalik yarim himoyachining o'zi transfer oynasi yopilgunicha jamoasini o'zgartirmoqchi.
Kamavinga o'tgan mavsumda "Renn" tarkibida 39 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golga uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning iyunida yakuniga etadi.
Fikrlar