PSJ sport direktori: "Pochettino ketishni so'ramagan, Zidan bilan uchrashuv o'tkazishni tasavvur qilish esa kulgili"
26 noy 2021 21:18
Yangiliklar
PSJ sport direktori: "Pochettino ketishni so'ramagan, Zidan bilan uchrashuv o'tkazishni tasavvur qilish esa kulgili"
PSJ sport direktori Leonardo Zinedin Zidan bilan muzokaralar olib borilgani va Maurisio Pochettinoning o'zini "Manchester Yunayted"ga qo'yib yuborish haqidagi iltimosi haqidagi malumotni rad etdi.
"Biz Pochettinoning ketishini xohlamaymiz. U hech qachon ketishga ruxsat so'ramagan va Maurisio to'g'risida hech bir klub bizga murojaat qilmagan.
Zidanni juda hurmat qilamiz, uning futbolchi va murabbiy sifatida qilgan ishlari tahsinga sazovor, lekin aniq ayta olamanki, u bilan hech qanday uchrashuv bo'lmagan.
Hatto Parijdagi katta mehmonxonada hammaning ko'z o'ngida Zidan bilan uchrashuv bo'lib o'tishi mumkinligini tasavvur qilish kulgili", — dedi Leonardo.
Avvalroq Pochettino "Manchester Yunayted"ga o'tishni, parijliklar esa Zidanni uning o'rniga taklif qilmoqchi ekani xabar qilingandi.
Fikrlar