PSJ sobiq futbolchisi "Napoli" bilan shartnoma imzolaydi
09 avg 2022 12:17
Yangiliklar
PSJ sobiq futbolchisi "Napoli" bilan shartnoma imzolaydi
Darvozabon Salvatore Sirigu faoliyatini "Napoli"da davom ettiradi.
Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, 35 yoshli italiyalik neapolliklar bilan bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.
Siriguning maoshi 700 ming evroni tashkil etadi. "Napoli" kelishuvni uzaytirish bandini faollashtirmasa, darvozabon 100 ming evro oladi.
PSJ sobiq darvozaboni Sirigu o'tgan mavsum "Jenoa" tarkibida 37ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 59ta to'p olib chiqdi va 10ta "quruq" o'yin o'tkazdi.
Fikrlar